Yo‘ldashev
Akromjon Kurbonazarovich
Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari
Kompaniyaga yuklangan vazifa va funktsiyalarning bajarilishini ta’minlashda qatnashadi, o‘rnatilgan tartibda o‘z huquq va majburiyatlari doirasida sug‘urta faoliyati tashkillashtirishda va boshqarishda qatnashadi. O‘z vakolati doirasida masalalar bo‘yicha rahbarlikni amalga oshiradi. Bosh direktori buyruqlari, ko‘rsatmalari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilib, kompaniyada belgilangan. Kompaniyada ishlab chiqilgan sug‘urta turlarini rivojlantirish rejasi va uni amalga oshirish uchun taktika va strategiyasini, sug‘urta tushumlarini kengaytirish, filiallar va agentlik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi va bajarilishini nazorat qiladi.
Sug‘urta faoliyati bo‘yicha iqtisodiy natijalarini tahlil qiladi. Tahlillar asosida kompaniyaning sug‘urta faoliyatini keskin rivojlantirish, raqobat sharoitida kompaniya mavqeini mustahkamlash, faoliyatni tashkil etishning zamonaviy usul va uslublarini joriy etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqadi. Аmaldagi qonunchilikka va o‘z lavozim majburiyatlariga muvofiq Kompaniya faoliyatiga oid boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi va hal qiladi.