"My Insurance" Aksiyadorlik Jamiyati Sug‘urta Tashkiloti
“SHAXSIY HUJJAT” SUG‘URTA MAHSULOTI BO‘YICHA
OMMAVIY OFERTA

Mazkur Ommaviy Oferta (matn davomida “Oferta”) “MY-INSURANCE” Aksiyadorlik Jamiyati Sug‘urta Tashkilotining (matn davomida Sug‘urtalovchi) noma’lum doiradagi jismoniy shaxslarga (matn davomida Sug‘urta qildiruvchi) yo‘llangan qo‘yidagi sug‘urta shartlarida sug‘urta shartnomasini Sug‘urtalovchining axborot tizimlari vositasida tuzish taklifi bo‘lib hisoblanadi. Sug‘urtalovchi va Sug‘urta qildiruvchi shartnoma taraflaridir.

Mazkur Oferta shartlarining qabul qilinishi va belgilangan sug‘urta mukofotining to‘lanishi uning shartlarini akseptlash hamda Sug‘urta qildiruvchining Sug‘urta shartnomasini tuzishga roziligi hisoblanadi. Sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta mukofoti to‘langanligi fakti tasdiqlanganidan keyin unga elektron sug‘urta polisi yuboriladi va Sug‘urta shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.

Mazkur oferta sug‘urta polisini rasmiylashtirish sanasida amalda bo‘lgan “Shaxsiy hujjat” sug‘urta mahsuloti bo‘yicha fuqarolarning mazkur ofertada ko‘rsatilgan shartlar asosida tartibga solinadi. Ushbu oferta https://myinsurance.uz/qoidalar rasmiy veb saytda jamoatchilikka ochiq taqdim etilgan.

- O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370-moddasiga muvofiq, ushbu oferta shartlarini so‘zsiz qabul qilish (aksept qilish) ommaviy Oferta shartlarini qabul qilish hisoblanadi, bu qo‘yidagilarga:

- ushbu Oferta shartlari, shu jumladan unda ko‘rsatilgan sug‘urta shartlari bilan roziligi;

- sug‘urta polisini shakllantirish uchun taqdim etilgan shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash, shu jumladan tizimlashtirish, saqlash, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, 5 (besh) yil muddatga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish maqsadida ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan yoki avtomatlashtirilmagan usulda qayta ishlash yo‘li bilan uzatish, shuningdek, ichki hujjat aylanishini ta’minlash bo‘yicha sug‘urta shartlariga ko‘ra o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarish uchun ularni uchinchi shaxslarga o‘tkazishga roziligini ifodalaydi.

Agar sug‘urta mukofoti to‘liq to‘lanmagan bo‘lsa, shuningdek, sug‘urtalovchi tomonidan akseptni bekor qilish to‘g‘risidagi bildirishnoma aktsepga qadar yoki u bilan bir vaqtda olingan bo‘lsa, aksept olinmagan hisoblanadi.

“Sug‘urta shartnomasi” va “Sug‘urta polisi” atamalari bundan keyin matnda ushbu elektron hujjatga nisbatan bir xil ma’noga ega.


1-BO‘LIM. ATAMALAR VA ULARNING TA’RIFLARI

1.1. Ushbu Ofertada ishlatiladigan asosiy atamalar.

Sug‘urtalovchi – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining litsenziyasi asosida faoliyat yurituvchi «MY INSURANCE» AJ ST.

Sug‘urta qildiruvchi – Shaxsiy hujjatlari yo‘qolishi oqibatida ko‘zda tutilmagan harajatlar natijasida mulkiy manfaatlari sug‘urtalangan va muomalaga layoqatli, ushbu oferata shartlariga muvofiq Sug‘urtalovchi bilan sug‘urta polisini tuzgan va u bo‘yicha sug‘urta mukofotini to‘lagan jismoniy shaxs.

Shaxsiy hujjat – Sug‘urta qildiruvchi shaxsni, uning huquqlarini, majburiyatlarini, rasmiy yoki ijtimoiy mavqeyini tasdiqlovchi va biografik xarakterdagi boshqa ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan rasmiy hujjat. Mazkur ofertaga muvofiq Sug‘urta qildiruvchi shaxsning shaxsiy hujjatlariga qo‘yidagilar kiradi. O‘zbekiston fuqarosining identifikatsiya kartasi yoki O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasporti, transport vositasini ro‘yxatga olish guvohnomasi, plastik shakldagi milliy haydovchilik guvohnomasi va ularning yo‘qolishi Sug‘urta qildiruvchi tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy harajatlar xavfi bilan bog‘liq.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi - O‘zbekiston Respublikasi hududidagi ID-karta egasining shaxsini, uning egasi haqidagi shaxsiy biografik va biometrik ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi, o‘z ichida elektron tashuvchi (chip) bo‘lgan hujjat.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti - O‘zbekiston Respublikasi hududidagi egasining shaxsini va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi, pasport egasining shaxsiy biografik ma’lumotlar va biometrik parametrlar ko‘rsatilgan elektron saqlovchi (chip) bo‘lgan hujjat.

Avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma - transport vositasining doimiy ro‘yxatdan o‘tganligini va transport vositasining aniq egasiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat.

Plastik shakldagi milliy haydovchilik guvohnomasi (keyingi o‘rinlarda “haydovchilik guvohnomasi” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs yoki xorijiy davlat shaxsining tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini tasdiqlovchi rasmiy hujjatdir.

Yo‘qotish - Sug‘urta qildiruvchi o‘z xohishiga ko‘ra o‘ziga tegishli bo‘lgan shaxsiy hujjatlarga egalik qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan holat.

Yo‘qolish - Ehtiyotsizlik va ularning joylashuvi to‘g‘risida ma’lumot yo‘qligi sababli Sug‘urta qildiruvchi tomonidan shaxsiy hujjatlarga egalik qilishning to‘xtatilishi. Yo‘qolish sanasi-shaxsiy hujjatni tiklash uchun harajatlar (yig‘imlar, to‘lovlar) to‘langan sana.

Kutilmagan harajatlar – yo‘qolgan hujjatni tiklash yoki almashtirish uchun sug‘urta qildiruvchi tomonidan amalga oshirilgan zarur va maqsadga muvofiq harajatlar (keyingi o‘rinlarda “Yo‘qotishlar” deb yuritiladi). Shu bilan birga, yo‘qotishlar faqat shartnoma va Ofertada belgilangan qismda va miqdorda kutilmagan harajatlarga taalluqlidir.

Zarar - huquqi buzilgan Sug‘urta qildiruvchining buzilgan huquqini, yo‘qolgan yoki shikastlangan mulkini (haqiqiy zararni) tiklash uchun haqiqatda qilgan harajatlari.

Sug‘urta hodisasi – sug‘urta hodisasi belgilariga ega bo‘lgan va sug‘urta muddati davomida sodir bo‘lgan voqea.

Sug‘urta polisi – Shaxsiy hujjat sug‘urta mahsuloti bo‘yicha Oferta shartlari va fuqarolarning shaxsiy hujjatlarini sug‘urta qilish Qoidalari bo‘yicha Sug‘urta qildiruvchi va Sug‘urtalovchi o‘rtasida sug‘urta shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi hujjat. Sug‘urta polisi faqat unda ko‘rsatilgan sug‘urta muddati uchun amal qiladi va shartlashilgan sug‘urta mukofoti o‘z vaqtida to‘langan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.

Sug‘urta summasi – Sug‘urtalovchi sug‘urta polisi bo‘yicha Sug‘urta qildiruvchi oldidagi majburiyatlarini qoplashi uchun pul summasining eng yuqori hajmi.

Sug‘urta mukofoti – Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta polisiga muvofiq Sug‘urtalovchi (uning agenti)ga to‘lashi shart bo‘lgan sug‘urta uchun haq (badal).

Sug‘urta tovoni – sug‘urta polisida nazarda tutilgan sug‘urta hodisasi yuz berishi natijasida ko‘rilgan zararni to‘liq yoki qisman qoplash uchun Sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanadigan pul mablag‘lari summasi.

Naf oluvchi – ushbu oferta shartlariga ko‘ra, sug‘urta qildiruvchining o‘zi.

Ariza so‘rovnoma – Sug‘urta qildiruvchining rasmiy veb-saytida yoki internet xizmatida sug‘urta shartnomasini tuzish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni kiritish orqali vaqt rejimida Sug‘urtalovchi tomonidan to‘ldiriladigan onlayn ariza shakli (elektron ariza). Elektron shaklda to‘ldiriladigan ariza shakli, agar u to‘g‘ri to‘ldirilgan bo‘lsa, sug‘urta qilish uchun yozma arizaga tengdir.

Oferta- bir yoki bir necha muayyan shaxsga yuborilgan, yetarli darajada aniq bo‘lgan va taklifni kiritgan shaxsning o‘zini taklif yo‘llangan va uni qabul qiladigan shaxs bilan shartnoma tuzgan deb hisoblash niyatini ifoda etadigan taklif oferta hisoblanadi.

Sug‘urta hududi – sug‘urta shartnomasida (sug‘urta polisida) ko‘rsatilgan sug‘urta amal qiladigan hudud.

Sug‘urta javobgarligi vaqti – tunu kun.

Sug‘urta javobgarligi davri – 365 kun. Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash bo‘yicha javobgarligi sug‘urta mukofoti to‘langan sanadan keyingi kunning 00.00 soatidan e’tiboran kuchga kiradi.

Sug‘urta hodisasi dalolatnomasi – sug‘urta hodisasi deb e’tirof etilganidan keyin Sug‘urtalovchi tomonidan tuziladigan va sug‘urta tovonini to‘lash uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi hujjat.

Franshiza (shartsiz) – Sug‘urta qildiruvchi ko‘rgan zararning Sug‘urtalovchi tomonidan har bir sug‘urta hodisasi bo‘yicha qoplanmaydigan qismi.

1.2. Ushbu hujjatda foydalanilgan barcha ta’riflar ushbu Ofertada ular uchun belgilangan ma’noga ega. Oferta va sug‘urta Qoidalarida ta’rif (termin) qiymati bo‘lmagan taqdirda, ularning qiymati O‘zbekiston Respublikasining normativ- huquqiy hujjatlariga muvofiq belgilanadi.


2- BO‘LIM. SUG‘URTA OBYEKTI VA SUB’EKTLARI

2.1. Sug‘urta obyektlari sug‘urta qildiruvchining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan va sug‘urta shartnomasida (sug‘urta polisida) ko‘rsatilgan shaxsiy hujjatlari yo‘qolishi natijasida yuzaga keladigan kutilmagan harajatlar xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari hisoblanadi.

2.2. Sug‘urta subyektlari Sug‘urtalovchi va Sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) hisoblanadi.


3-BO‘LIM. SUG‘URTA HODISALARI. SUG‘URTA HODISALARIDAGI ISTISNOLAR

3.1. Sug‘urta hodisasi deb sug‘urta Qoidalarida va ushbu Ofertada nazarda tutilgan, sug‘urta muddati davomida va sug‘urta shartnomasida (sug‘urta polisida) ko‘rsatilgan sug‘urta hududida sodir bo‘lgan, belgilangan tartibda hujjatlar bilan tasdiqlangan voqeaga aytiladi. Sug‘urta Qoidalariga va Sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lash majburiyati yuzaga kelgan Ofertaga muvofiq belgilanadi.

3.2. Ushbu Ofertaga muvofiq Sug‘urta qildiruvchining shaxsiy hujjatlarini yo‘qolishi yoki yaroqsiz holga tushishi natijasida shaxsiy hujjatlarni yo‘qotishi sababli tegishli vakolatli davlat organlari orqali hujjatlarni tiklashda davlat boji va yig‘imlarini to‘lash ko‘rinishidagi kutilmagan xarajatlarining yuzaga kelishi sug‘urta hodisasi hisoblanadi.

3.3. Quyidagi holatlar natijasida yetkazilgan zarar sug‘urta hodisasi hisoblanmaydi:

■ yadroviy portlash, radiatsiya yoki radioaktiv ifloslanishning ta’siri;

■ harbiy harakatlar, shuningdek manevrlar yoki boshqa harbiy choralar;

■ fuqarolar urushi, har qanday turdagi fuqarolar tartibsizliklari yoki ish tashlashlar;

■ davlat organlarining buyrug‘i bilan sug‘urta shartnomasida (sug‘urta polisida) ko‘rsatilgan shaxsiy hujjatni olib qo‘yish, musodara qilish, rekvizitsiya qilish, hibsga olish yoki yo‘q qilish;

■ sug‘urta hodisasining yuzaga kelishiga olib kelgan qasddan qilingan harakatlarni Sug‘urta qildiruvchi tomonidan sodir etilishi.

3.4. Quyidagi hollarda Sug‘urta qildiruvchining shaxsiy hujjatlarini yo‘qotilishi sug‘urta hodisasi deb hisoblanmaydi, agar hujjat:

■ sug‘urta shartnomasida (sug‘urta polisida) ko‘rsatilmagan bo‘lsa;

■ amal qilish muddati o‘tgan bo‘lsa (agar uning amal qilish muddati shaxsiy hujjatda belgilangan bo‘lsa);

■ shaxsiy hujjatni rejalashtirilgan almashtirish yoki sug‘urtalangan shaxsning shaxsiy ma’lumotlarini almashtirish tufayli bo‘lsa.

3.5. Sug‘urta qildiruvchining shaxsiy hujjatlarini tiklash bilan bog‘liq quyidagi xarajatlari qoplanmaydi:

a) shaxsiy hujjatlarni yo‘qotish va tiklash bilan bog‘liq vositachilik, maslahat yoki yuridik xizmatlar uchun xarajatlar;

b) shaxsiy hujjatlar yo‘qolishi natijasida yuzaga kelgan turar joy, transport va sayohat xarajatlari;

v) sug‘urta shartnomasida (sug‘urta polisida) qoplanishi ko‘zda tutilmagan yo‘qolganlar evaziga shaxsiy hujjatlarni olish bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlar.

3.6. Ushbu Ofertaga ko‘ra, Sug‘urta qildiruvchining ma’naviy zarari, yo‘qolgan foydasi, turg‘unlik, daromadini yo‘qotishi va tijorat yo‘qotishlari qoplanmaydi.

3.7. Sug‘urta faqat sug‘urta shartnomasida (sug‘urta polisida) ko‘rsatilgan sug‘urta hududi doirasida kuniga 24 soat amal qiladi.


4- BO‘LIM. SUG‘URTA PULI VA FRANSHIZA SUG‘URTA MUKOFOTI, UNI TO‘LASH TARTIBI VA SHAKLI

4.1. Sug‘urta puli - bu sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi) bo‘yicha Sug‘urtalovchi o‘z majburiyatlarini bajarish uchun javobgar bo‘lgan pul miqdori.

4.2. Sug‘urta puli miqdori Sug‘urta qildiruvchi va Sug‘urtalovchi o‘rtasidagi kelishuv bilan belgilanadi va sug‘urta shartnomasida (sug‘urta polisida) ko‘rsatiladi.

4.3. Sug‘urta shartlariga ko‘ra franshiza qo‘llanilmaydi.

4.4. Sug‘urtalovchi sug‘urta polisi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta mukofoti miqdorini hisoblashda o‘zi tomonidan tasdiqlangan, sug‘urta xavfining xususiyatini, sug‘urta majburiyatlarining hajmini va muddatini hisobga olgan sug‘urta ta’riflarini qo‘llaydi.

4.5. Sug‘urta mukofoti miqdori real vaqt rejimida Sug‘urtalovchining rasmiy veb-saytida ko‘rsatiladi va Sug‘urta qildiruvchi tomonidan to‘lov tizimi operatorlari yordamida Sug‘urtalovchining hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan bir vaqtning o‘zida to‘lanadi.

4.6. Sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta mukofotini to‘lash fakti bir vaqtning o‘zida uning ushbu Ofertaning barcha shartlariga roziligini tasdiqlaydi.

4.7. O‘zaro hisob-kitoblarning valyutasi O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi - “So‘m”dir.


5-BO‘LIM. SUG‘URTA SHARTNOMASI VA UNING AMAL QILISH MUDDATI

5.1. Sug‘urta shartnomasi 1 (bir) yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuzilishi mumkin. Sug‘urta shartnomasining (sug‘urta polisining) amal qilish muddati shaxsiy hujjatning amal qilish muddatidan (yoki uni rejalashtirilgan almashtirish davridan) oshmasligi kerak.

5.2. Sug‘urta polisi Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta mukofotini to‘liq to‘lagan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va polisda ko‘rsatilgan sug‘urta muddati tugagunga qadar amal qiladi. Sug‘urta muddati sug‘urta mukofoti olingan kundan boshlab keyingi kunning soat 00:00 da boshlanadi va sug‘urta polisida ko‘rsatilgan sug‘urta davrining tugash sanasigacha (har ikki sanani ham hisobga olgan holda) davom etadi.


6-BO‘LIM. SUG‘URTA SHARTNOMASINI (SUG‘URTA POLISI) BEKOR QILISH

6.1. Sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi) quyidagi hollarda bekor qilinadi:

a) sug‘urta muddati tugaganda;

b) Sug‘urtalovchi o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarganda. Majburiyatlarni to‘liq bajarishi - sug‘urta shartnomasi shartlariga muvofiq sug‘urta hodisalari uchun sug‘urta pulining 100 foizini to‘lash demakdir;

v) Sug‘urta qildiruvchining sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi)dan voz kechsa;

g) sug‘urta shartnomasini (sug‘urta polisini) Sug‘urta qildiruvchi va Sug‘urtalovchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan bekor qilish;

d) agar sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi) kuchga kirgandan keyin sug‘urta hodisasi yuzaga kelishi ehtimoli yo‘qolgan bo‘lsa va sug‘urta hodisasidan tashqari boshqa holatlar tufayli sug‘urta xavfining mavjudligi to‘xtatilgan bo‘lsa;

ye) Sug‘urta qildiruvchining vafoti;

yo) O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida, sug‘urta Qoidalarida va Ofertada nazarda tutilgan boshqa hollarda.

6.2. 6.1-bandida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi) bekor qilinganda sug‘urta mukofoti qaytarib berilmaydi.


7- BO‘LIM. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

7.1. Sug‘urtalovchining majburiyatlari:

a) sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, ushbu Ofertada ko‘rsatilgan muddatda sug‘urta to‘lovini amalga oshirish;

b) Sug‘urta qildiruvchi va uning mulkiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, agar bu O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bo‘lmasa, oshkor qilmaslik;

v) Sug‘urtalovchining iltimosiga binoan sug‘urta masalalari bo‘yicha maslahat berish.

7.2. Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega:

a) sug‘urta shartnomasini (sug‘urta polisini) haqiqiy emas deb topishni va amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan haqiqiy emaslik oqibatlarini qo‘llashni talab qilish, agar Sug‘urta qildiruvchi shartnomani tuzishda (polisni berishda) bila turib Sug‘urtalovchiga sug‘urta obyekti to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etgan bo‘lsa;

b) vakolatli organlarga sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi fakti va sababini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish uchun so‘rovlar yuborish;

v) agar Sug‘urta qildiruvchi Qoidalar va ushbu taklifda belgilangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan bo‘lsa, sug‘urta tovonini to‘lashdan bosh tortish;

g) Qoidalarda, sug‘urta shartnomasida (sug‘urta polisida), ushbu Ofertada va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish.

7.3. Sug‘urta qildiruvchining majburiyatlari:

a) ushbu Oferta shartlariga, Qoidalariga va sug‘urta shartnomasiga (sug‘urta polisi) rioya qilish;

b) sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi) tuzilgandan so‘ng, Sug‘urtalovchi sug‘urta tavakkalchiligini baholash uchun zarur bo‘lgan o‘ziga ma’lum bo‘lgan barcha holatlar to‘g‘risida xabardor qilish;

v) shaxsiy hujjatlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va saqlash;

g) shaxsiy hujjatlarni tiklash xarajatlari to‘langan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kun ichida Sug‘urtalovchiga sug‘urta tovonini to‘lash uchun yozma ariza taqdim etishi va ushbu Ofertaning 8.2-bandda ko‘rsatilgan sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligini va zarar miqdorini tasdiqlash uchun zarur va etarli bo‘lgan hujjatlarni Sug‘urtalovchiga taqdim etish.

7.4. Sug‘urta qildiruvchi quyidagi huquqlarga ega:

a) sug‘urta Qoidalari va ushbu Oferta bilan tanishish;

b) Sug‘urtalovchidan sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi) bo‘yicha majburiyatlarni bajarishni talab qilish;

v) ushbu Oferta, sug‘urta Qoidalari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sug‘urta shartnomasini (sug‘urta polisini) muddatidan oldin bekor qilish;

g) amaldagi qonunchilikka muvofiq Sug‘urtalovchi haqida ma’lumot olish;

d) Qoidalar, sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi), ushbu Oferta va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish.


8-BO‘LIM. SUG‘URTA TOVONINING MIQDORI VA TO‘LOVI

8.1. Keyinchalik sug‘urta hodisasi deb e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan voqea sodir bo‘lgan taqdirda, Sug‘urta qildiruvchi quyidagilarga majbur:

Sug‘urtalovchi yoki uning vakilini o‘zi uchun qulay usulda (telefon, elektron pochta, messenjerlar va boshqalar) jo‘natuvchini va xabarnoma sanasini aniqlash imkonini bergan holda og‘zaki ravishda ogohlantirish;

agar yo‘qolgan hujjatlar topilgan bo‘lsa yoki Sug‘urta qildiruvchi ularning turgan joyidan xabardor bo‘lsa, darhol Sug‘urtalovchiga xabardor qilish.

Sug‘urta hodisasi yuz berganligi to‘g‘risida Sug‘urtalovchini darhol xabardor qilish majburiyatini bajarmaslik Sug‘urtalovchiga sug‘urta tovonini to‘lashdan bosh tortish huquqini beradi.

8.2. Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda sug‘urta tovonini to‘lash Sug‘urta qildiruvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan hujjatlar tiklanganidan keyin amalga oshiriladi. Sug‘urta qildiruvchi tomonidan qilingan xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) sug‘urta hodisasi tavsifi va sug‘urta tovoni o‘tkazish uchun Sug‘urta qildiruvchining bank rekvizitlari ko‘rsatilgan sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risidagi ariza;

b)sug‘urta polisining asl nusxasi (polis yozma shaklda rasmiylashtirilganda);

v) Sug‘urta qildiruvchi shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

g) yo‘qolganini almashtirish uchun olingan Sug‘urta qildiruvchining shaxsiy hujjatining nusxasi;

d)Sug‘urta qildiruvchining xarajatlari (yig‘imlari, to‘lovlari) to‘langanligini tasdiqlovchi, to‘lov fakti, sanasi, miqdori va maqsadi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar nusxalari (hujjatlarni almashtirish / tiklash bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lov hisob varaqasi, kvitansiyalar va boshqalar).

8.3. Sug‘urta qildiruvchi o‘z xohishiga ko‘ra haqiqatda taqdim etilgan hujjatlarning yetarliligi to‘g‘risida qaror qabul qilishga va yetishmayotgan hujjatlarni/ma’lumotlarni talab qilishga haqli.

8.4. Sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi belgilariga ega bo‘lgan voqeani ko‘rib chiqishni to‘xtatib qo‘yishga haqli, agar Sug‘urta qildiruvchining imkoniyati bo‘lsa, lekin Sug‘urtalovchiga sug‘urta hodisasining sabablarini baholash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etmasa yoki noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etsa, kelajakda Sug‘urtalovchi barcha zarur hujjatlarni olgan paytdan boshlab sug‘urta hodisasi belgilariga ega bo‘lgan voqeani ko‘rib chiqishni davom ettiradi.

8.5. Sug‘urta hodisasining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan faktlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan yoki da’vo qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, sug‘urta to‘lovi to‘g‘risidagi qaror tergov yoki sud muhokamasi tugaguniga qadar qoldirilishi mumkin.

8.6. Sug‘urta tovoni Ofertaning 8.2-bandiga muvofiq hujjatlar bilan tasdiqlangan, Sug‘urta qildiruvchi tomonidan hujjatlarni almashtirish va tiklashga qilgan xarajatlarini qoplanishi shaklida bir martalik to‘lov orqali, lekin sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta pulidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi:

a) yo‘qolgan hujjatning o‘rniga vaqtinchalik yoki dublikat shaxsiy hujjatni olish uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda davlat bojini (bojlar, to‘lovlar) to‘lash xarajatlari;

b) yo‘qolgan hujjat evaziga shaxsiy hujjat olish zarurati vakolatli organlar tomonidan belgilanadigan boshqa xarajatlar.

8.7. Sug‘urta tovoni to‘lovi sug‘urta hodisasi to‘g‘risidagi dalolatnoma tasdiqlangan kundan, bu fakt Sug‘urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan va tegishli hujjatlar asosida tovon miqdori aniqlangandan so‘ng 10 (o‘n) bank ish kuni ichida Sug‘urta qildiruvchi tomonidan ko‘rsatilgan bank (shaxsiy) hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

8.8. Sug‘urta tovoni to‘langanidan keyin sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi) bo‘yicha sug‘urta puli to‘langan sug‘urta tovoni miqdoriga kamaytiriladi.

8.9. Bir yoki bir nechta sug‘urta hodisasi uchun to‘lovlarning umumiy miqdori sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi) bo‘yicha sug‘urta pulidan oshmasligi kerak.

8.10. Sug‘urta qildiruvchi quyidagi sabablarga ko‘ra sug‘urta to‘lovini rad etishga haqli, agar Sug‘urta qildiruvchi:

■ xavf darajasini aniqlash uchun muhim bo‘lgan holatlar to‘g‘risida bila turib yolg‘on ma’lumot bergan bo‘lsa;

■ sug‘urta hodisasi yuzaga kelishiga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar (harakatsizlik);

■ sug‘urta hodisasi belgilariga ega bo‘lgan voqea sodir bo‘lganligi haqida o‘z vaqtida xabar bermagan bo‘lsa;

■ sug‘urta hodisasi xarakteristikalariga ega bo‘lgan hodisaning sabablarini, mohiyatini va uning oqibatlari bilan bog‘liqligini aniqlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etmagan yoki soxta hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etgan bo‘lsa.

8.11. Sug‘urta qildiruvchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori Sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risidagi ariza bergan kundan boshlab 15 (o‘n besh) kundan kechiktirmay xabardor qilinishi va rad etishning asoslantirilgan sabablarini o‘z ichiga olishi kerak.


9-BO‘LIM. BOSHQA SHARTLAR

9.1. O‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarmaganliklari yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladilar.

9.2. Polis va ushbu Ofertada nazarda tutilgan yoki ular bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha, shu jumladan ularni bajarish va buzish bilan bog‘liq nizolar, da’volar yoki kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, tomonlar ularni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish choralarini ko‘radilar.

9.3. Agar tomonlar muzokaralar orqali tinch yo‘l bilan kelishmasa, Sug‘urta shartnomasi (Polisi) tuzilishi (rasmiylashtirilishi), o‘zgarishi, tugatilishi, bekor bo‘lishi, haqiqiy emasligi, tuzilmaganligi (to‘liq yoki qisman) bilan yuzaga kelgan yoki kelib chiqadigan barcha nizolar, kelishmovchiliklar, talablar va da’volar Sug‘urtalovchining ixtiyori bilan fuqarolik ishlarning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko‘ra Sug‘urtalovchining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joyidagi sud tartibida yohud Hakamlik sudi to‘g‘risidagi Reglamentga, Hakamlik sudi to‘g‘risidagi Nizomga va Hakamlik sudida taraflarning hakamlik yig‘imi, xarajatlari va chiqimlari to‘g‘risida Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Savdo-sanoat Palatasi huzuridagi Hakamlik sudida (keyinchalik Hakamlik sudi), uning yakka tartibda hal qiluvchi hakamlik sudyasi reglamentiga ko‘ra hal etiladi. Da’vo arizasi bilan tumanlararo iqtisodiy sudiga yoki Hakamlik sudiga murojaat qilishni tanlash huquqi Sug‘urtalovchida qoladi.

9.4. “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Tomonlar sug‘urta Qoidalari va ushbu Oferta (ariza- so‘rovnoma, sug‘urta shartnomasi, sug‘urta polisi, schot-faktura, aktlar, sertifikatlar, hujjatlar va boshqalar) doirasida elektron shaklda tuzilgan barcha hujjatlarni kelishib oladilar va yuridik kuchini tan oladilar va ularni qog‘ozdagi hujjatlarga tenglashtiradigan, qo‘lda yozilgan imzo bilan imzolangan va tegishli Tomonning muhri bilan tasdiqlanganligida ishonch bildiradilar, agar ushbu elektron hujjatlar operatorlardan biri tomonidan qayta ishlangan va agar ular Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra elektron hisobvaraq-fakturalar aylanmasi tizimi orqali (ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish uchun ruxsat olgan axborot vositachisi) yuborilgan bo‘lsa.

9.5. “MY-INSURANCE” AJ STning internet axborot tarmog‘idagi rasmiy sayti: https://myinsurance.uz/qoidalar Sug‘urtalovchining rasmiy veb-saytidan Sug‘urta qildiruvchi va ushbu axborot tizimining operatori bo‘lgan Sug‘urtalovchi o‘rtasida elektron shaklda ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydigan axborot tizimi sifatida foydalanish mumkin, shu jumladan sug‘urta polisini tuzish, xulosa qilish, o‘zgartirish, muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi ariza, sug‘urta hodisasi yuz berganligi to‘g‘risida xabar berish, sug‘urta tovoni to‘lash to‘g‘risidagi ariza, ko‘rib chiqish bosqichi va natijalari to‘g‘risida ma’lumot yuborish; sug‘urta to‘lovini amalga oshirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Sug‘urta hodisasi belgilariga ega bo‘lgan hodisalar yuz bergan taqdirda, siz Ofertada ko‘rsatilgan telefon orqali voqea haqida xabar berishingiz yoki "MY-INSURANCE " AJ STning eng yaqin ofisiga (filialiga) murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi.


Sug‘urtalovchining rekvizitlari:

To‘liq nomlanishi: “MY-INSURANCE” AJ ST

2022 yil 25 fevraldagi SF seriya 00037-sonli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining litsenziyasi

Pochta manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent, Mirobod tumani, Kichik Mirobod ko‘chasi, 95 uy

Telefon: +998 71 205-19-19

Elektron pochta: info@.myinsurance.uz

Made on
Tilda