"My Insurance" Aksiyadorlik Jamiyati Sug‘urta Tashkiloti
Aksiyalar xaridi haqida ma'lumot
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va «My Insurance» AJ ST ustaviga ko’ra Jamiyatning joylashtirilgan aksiyalarini qaytarib sotib olinishi quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
I. aksiyadorlar umumiy yig'ilishining joylashtirilgan aksiyalarning bir qismini olish va ushbu aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish yo'li bilan jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to'g'risidagi qaroriga ko'ra;
II. ularni keyinchalik belgilangan tartibda qayta sotish maqsadida jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga ko'ra;
III. a) jamiyatni qayta tashkil etish to'g'risida;
b) joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish haqida;
c) “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni 84-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki boshqa shaxsga berish bilan bog'liq yirik bitim tuzish to'g'risida;
d) jamiyatning ustaviga aksiyadorlarning huquqlarini cheklovchi o'zgartish va qo'shimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlash to'g'risida aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan qarorlar qabul qilishda, agar ular qarshi ovoz bergan bo'lsa yoxud ovoz berishda uzrli sabablarga ko'ra ishtirok etmagan bo'lsa, o'zlariga tegishli aksiyalarning hammasi yoki bir qismi jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishgan taqdirda.
Jamiyat tomonidan o'z aksiyalarining olinishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, mustaqil ravishda yoki qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari orqali amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish
Emitent tomonidan qaror qabul qilingan sana: 25.05.2022 y.
1.

EMITЕNT NOMI

To‘liq: "MY-INSURANCE" Aksiyadorlik jamiyati sug'urta tashkiloti
Qisqartirilgan: "MY-INSURANCE" AJ sug'urta tashkiloti
Birja tikeri nomi: mavjud emas
2.

BOG‘LANISH

Joylashgan yeri: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Kichik Mirobod ko‘chasi, 95-uy
Pochta manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Kichik Mirobod ko‘chasi, 95-uy
Elektron pochta manzili: info@myinsurance.uz
Rasmiy veb-sayt: http://myinsurance.uz
3.

MUHIM FAKT TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

Muhim fakt raqami: 25
Muhim fakt nomi: Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish
Qaror qabul qiluvchi emitent nomi: kuzatuv kengashi
Qaror qabul qilingan sana: 25.05.2022
Qimmatli qog‘oz turi: aksiya oddiy
Qimmatli qog‘oz miqdori: 7271000
Bitta qimmatli qog‘ozning nominal narxi: 1000
Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning umumiy qiymati: 7271000000.00
Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasi: 10.06.2022
Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi tartib raqami: Р0941-2
Qimmatli qog‘ozlarning joylashtirish usullari: yopiq obuna
Ijro etuvchi organ rahbarining F.I.O.: Ko‘charov M.B.
Bosh hisobchi F.I.O.: Abdusoidov S.Sh.
Veb-saytda ma’lumot joylashtirishga vakolatli shaxsning F.I.O.: Isakov L. I.
Made on
Tilda