"My Insurance" Aksiyadorlik Jamiyati Sug‘urta Tashkiloti
"Kreditni garov yoki boshqa ta’minot turlari bilan
ta’minlanmagan qismini sug‘urtalash"
QOIDALARI

1-BO‘LIM. UMUMIY SHARTLAR

1.1. Mazkur «HAMKORBANK» ATB bilan ishlash uchun «Kreditni garov yoki boshqa ta’minot turlari bilan ta’minlanmagan qismini sug‘urtalash» qoidalari (keyinchalik matnda – Sug‘urta qoidalari deb yuritiladi) «MY-INSURANCE» AJ ST (keyinchalik matnda – Sug‘urtalovchi deb yuritiladi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, «HAMKORBANK» ATB (keyinchalik matnda – NAF OLUVCHI deb ataluvchi) mijozlariga Umumiy sug‘urta sohasining «Kreditni garov yoki boshqa ta’minot turlari bilan ta’minlanmagan qismini sug‘urtalash» qoidalari doirasida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartib va shartlarini belgilaydi.

1.2. Ushbu Sug‘urta qoidalarida nazarda tutilgan shartlarga va/yoki qo‘shimcha kelishilgan ushbu Sug‘urta qoidalarining ajralmas qismi bo‘lgan shartlar, istisnolar va ilovalarga muvofiq Sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi yuz berganida Sug‘urta qildiruvchiga (Qarz oluvchiga yoki mazkur Sug‘urta qoidalari foydasiga tuzilgan boshqa shaxsga) sug‘urta tovonini to‘lash orqali yetkazilgan zarar o‘rnini quyida ko‘rsatilgan tartibda va hajmda qoplash majburiyatini oladi, shu shart bilan-ki, bunda Sug‘urta qildiruvchi ushbu Sug‘urta qoidalarda ko‘rsatilgan miqdorda, tartibda va muddatda sug‘urta mukofotini to‘lash majburiyatini oladi.

1.3. Mazkur sug‘urtalash qoidalariga asosan aniq bir maqsad uchun Qarz oluvchiga (jismoniy shaxsga) berilgan qarzning (kreditning) qaytarilishini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan Sug‘urta qildiruvchining mulkiy manfaatlari sug‘urta obyekti hisoblanadi.

Bunda mazkur mulkiy manfaatlarga ushbu Sug‘urta qoidalarida sanab o‘tilgan tavakkalchiliklardan bevosita yuz bergan sug‘urta hodisasi yuzaga kelganida zarar yetkazilishi mumkin.

1.4. Sug‘urta qildiruvchi / Qarz oluvchi Sug‘urtalovchiga taqdim etgan hujjatlar va ma’lumotlar (Ariza-so‘rovnoma, garov va kredit, qarz shartnomalari nusxalari, Sug‘urta qildiruvchining / Qarz oluvchining hujjatlari) ushbu Sug‘urta qoidalariga asosan berilgan ya’ni mazkur qoidalarning 1-ilovasidagi tegishli Elektron sug‘urta polisining ajralmas qismi ekanligini, shuningdek ular ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlar ishonchli hamda haqiqatga to‘g‘ri keluvchi ma’lumotlarga ega ekanligini tasdiqlaydilar.

2-BO‘LIM. ATAMALAR

Mazkur Sug‘urta qoidalarida qo‘llangan atamalar quyidagi ma’noga ega:

2.1. Qarz oluvchi – Sug‘urta qildiruvchi bilan shartnomaviy munosabatlarga kirgan, kredit shartnomasiga asosan Sug‘urta qildiruvchidan kredit olgan, hamda kreditdan Kredit shartnomasi shartlariga muvofiq foydalandigan shaxs.

2.2. Kredit (qarz) shartnomasi – ushbu Sug‘urta qoidalariga asosan rasmiylashtirilgan Elektron sug‘urta polisida ko‘rsatilgan fuqarolik-huquqiy shartnomasi bo‘lib, unga ko‘ra Sug‘urta qildiruvchi Qarz oluvchiga Kredit shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va shartlarda pul mablag‘larini (kredit) taqdim etish majburiyatini oladi, Qarz oluvchi esa olingan pul mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarish va u bo‘yicha foizlarni to‘lash majburiyatini oladi.

2.3. Elektron sug‘urta polisi – Sug‘urtalovchining sug‘urta tovoni to‘lash bo‘yicha majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi, Sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta mukofoti to‘langandan keyin beriladigan hujjat. (Mazkur sug‘urta qoidalariga 1-Ilova)

2.4. Sug‘urta puli – Elektron sug‘urta polislari doirasida Sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga oladigan majburiyat chegarasi. Mazkur qoidalarga binoan sug‘urta summasi kredit shartnomasi bo‘yicha kredit miqdoriga teng miqdordagi pul mablag‘i.

2.5. Sug‘urta hodisasi – Haqiqatda vujudga kelgan va uning vujudga kelishi bilan Sug‘urtalovchining Sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovonini to‘lash majburiyati kuchga kirishiga olib keladigan voqea.

2.6. Qarz oluvchining bankrotligi – Sug‘urtalash davri, Kutish davrida Qarz oluvchining pul majburiyatlari bo‘yicha Sug‘urta qildiruvchi va boshqa kreditorlarning talablarini to‘liq hajmda qondira olmasligi va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarini bajara olmasligi sudi tomonidan tan olinishi.

2.7. Sug‘urta tovoni – sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta qildiruvchiga, sug‘urtalangan shaxsga (naf oluvchiga) har bir sug‘urtalangan shaxs uchun sug‘urta summasi doirasida to‘lanadigan pul mablag‘lari summasi.

2.8. Sug‘ura mukofoti (sug‘urta badali) – sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urtalovchiga sug‘urta shartnomasi (Elektron sug‘urta polisi)da shart qilib ko‘rsatilgan tartibda va muddatlarda milliy valyutada to‘lanadigan sug‘urta uchun to‘lov.

2.9. Sug‘urta qildiruvchi zarari - Qarz oluvchi Sug‘urta hodisasi vujudga kelganda sug‘urta qildiruvchi oldida o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi oqibatida Sug‘urta qidiruvchi olmagan pul mablag‘lari miqdori, u quyidagi tartibda hisoblanadi:

(1) Sug‘urta qildiruvchi Qarz oluvchidan sug‘urtalash davrida berilgan kredit bo‘yicha olmagan asosiy qarz miqdori hisoblanadi;

(2) (1)-bandda hisoblangan miqdordan Kredit shartnomasi bo‘yicha Kreditni ta’minlash uchun berilgan boshqa ta’minotlar hisobidan Sug‘urta qildiruvchining qondirilgan talabalari miqdori ayriladi;

(3) (2)-bandda hisoblangan miqdor zarar miqdorini tashkil etadi.

2.10. Sug‘urtalash davri - Elektron sug‘urta polisi bo‘yicha olingan majburiyatlar amal qiladigan vaqt

2.11. Kreditning maqsadli ishlatilishi – Qarz oluvchi kredit mablag‘lari evaziga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi yoki ikkilamchi bozordan transport vositalarini sotib olishi.

2.12. Sug‘urta hodisasi haqida dalolatnoma – Sug‘urtalovchi vujudga kelgan voqeani sug‘urta hodisasi deb tan olgan taqdirda uning tomonidan tuziladigan, Sug‘urtalovchi, Sug‘urta qildiruvchi va Qarz oluvchi imzolaydigan hujjat, u sug‘urta tovonini to‘lash uchun asos sifatida xizmat qiladi.

2.13. Kutish davri – Mazkur sug‘urta qoidalari bilan nazarda tutilgan sug‘urta hodisasi natijasida vujudga kelgan zararni Sug‘urtalovchi qoplashidan avvalgi to‘lov sanasidan boshlab hisoblab o‘tishi kerak bo‘lgan, ketma-ket kalendar kunlari soni.

2.14. Sug‘urta qildiruvchi da’vosi – Sug‘urta qildiruvchi Qarz oluvchiga jo‘natadigan yozma talablar, hamda keltirilgan zarar miqdori va sabablari isbotlangan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi fuqarolik qonunchiligi me’yorlariga asosan tuzilgan sudga da’vo arizalari.

2.15. Xabarnoma – Sug‘urta voqeasi oqibatida vujudga kelgan zararlarga ta’sir ko‘rsatgan sabab va vaziyatlar ko‘rsatilgan Sug‘urtalovchiga Sug‘urta qildiruvchining yozma murojaati. Xabarnoma, mazkur sug‘urta qoidalarida nazarda tutilgan sug‘urta hodisasini tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlarni o‘ziga olganidan so‘ng to‘liq qabul qilingan hisoblanadi.


3-BO‘LIM. SUG‘URTA HODISASI

3.1. Sug‘urtalovchi ushbu Sug‘urta qoidalariga muvofiq, Sug‘urta qildiruvchiga Kredit mablag‘laridan foydalanib, kredit shartnomasida belgilangan miqdorda va muddatda (kreditni o‘z vaqtida qaytarmaganligi natijasida vujudga kelgan peniyalarni hisobga olinmagan holda) qaytarib bera olmaganda sug‘urta himoyasini taqdim etadi:

3.2. Kredit shartnomasiga asosan asosiy kredit qarzdorligini to‘lay olmaslik quyidagi xolatlarda sug‘urta hodisasi (foiz, penya, jarimalardan tashqari) hisoblanadi:

a) Qarz oluvchi moliyaviy imkoniyatlaridagi qiyinchiliklar natijasida kredit mablag‘larini qaytarmaganda.

b) Sud tomonidan qarzdorning faoliyati xususiyatidan kelib chiqib, qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi qaroriga asosan;

v) Sud tomonidan kreditorlar foydasiga Qarzdor ishi yuzasidan tashqi boshqaruvchi tayyorlanishi;

g) Qarzdor to‘lov qobiliyatini yo‘qotganligi sababli, ma’sul shaxs yoki Davlat hokimiyati organlari tomonidan Qarzdor faoliyatini to‘xtatish (yopish) to‘g‘risidagi qarori.

3.3. Hodisa Sug‘urta xodisasi deb tan olinishi uchun Sug‘urtalovchiga mazkur qoidalarning 3.1 bo‘limi bo‘yicha xujjatlar Sug‘urta kildiruvchi / Qarz oluvchi tomonidan taqdim qilinishi shart.

3.4 Sug‘urtalovchi majburiyatlarni, Sug‘urta qildiruvchi kredit shartnomasini va mazkur sug‘urta qoidalarining o‘zining harakatlari va majburiyatlari qismidagi barcha shartlarni to‘liq bajargan taqdirda o‘zi zimmasiga oladi.

3.5. Sug‘urta qildiruvchi zarariga quyidagilar kiritilmaydi va Sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanmaydi: Jarima, penya va kredit bo‘yicha boshqa moliyaviy jarimalar, boshqalarning pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun foizlar, bank komissiyalari va boshqa to‘lovlar.

3.6. Qarzdor kredit shartnomasining garov bilan ta’minlanmagan qismi bo‘yicha majburiyatni bajargan taqdirda Sug‘urtalovchining majburiyati bekor bo‘ladi (O‘z.Res FK 340-341 moddalari).

4-BO‘LIM. SUG‘URTA MUKOFOTINI TO‘LASH VA ELЕKTRON SUG‘URTA POLISINI BЕRISH TARTIBI

4.1. Sug‘urta mukofoti summasi Kredit shartnomaning ta’minot miqdori summasidan yillik 2-Ilovada belgilangan tariflar miqdorida hisoblanadi.

4.2. Sug‘urta mukofoti Sug‘urta qildiruvchi tomonidan u Ariza-so‘rovnomani Sug‘urtalovchiga taqdim etgan kundan e’tiboran 3 (uch) kun ichida bir yo‘la va to‘liq hajmda to‘lanishi lozim.

4.3. Sug‘urtalovchining Elektron sug‘urta polisi doirasida sug‘urta tovonini to‘lash majburiyati, Sug‘urta qildiruvchi/Qarz oluvchi tomonidan sug‘urta mukofoti o‘z vaqtida to‘langan taqdirda, Elektron sug‘urta polisida ko‘rsatilgan muddatlarda amal qiladi.

4.4. Sug‘urta mukofoti to‘liq to‘lanmagan taqdirda Sug‘urtalovchining javobgarligi haqiqatda to‘langan Sug‘urta mukofoti miqdoriga mutanosib ravishda belgilanadi.

4.5. Sug‘urta mukofoti yoki uning birinchi badali Ariza-so‘rovnoma yuborilgandan so‘ng 3 (uch) kun ichida to‘lanmasa, mavjud ariza bekor qilingan hisoblanadi va u bo‘yicha hech qanday sug‘urta tovoni amalga oshirilmaydi.

4.6. Sug‘urta mukofoti yoki uning birinchi badali to‘langan kun deb, pul mablag‘lari Sug‘urtalovchi hisob raqamiga tushgan kun hisoblanadi.

4.7. Elektron sug‘urta polisi amaldagi sug‘urta faoliyati qonunchiligi talablari doirasida rasmiylashtiriladi hamda sug‘urta mukofoti/uning birinchi/navbatdagi badali Sug‘urtalovchining bank hisob raqamiga kelib tushgandan keyin zudlik bilan onlayn rejimda Sug‘urta qildiruvchiga/Qarz oluvchiga taqdim etiladi.

4.8. Sug‘urta qoidalariga muvofiq barcha hisob-kitoblar so‘mda amalga oshiriladi.


5-BO‘LIM. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

5.1. Sug‘urta qildiruvchi / Qarz oluvchi huquqlari:

a) Sug‘urta qoidalari amal qilishining butun muddati davomida Sug‘urtalovchidan sug‘urtalash masalalari bo‘yicha maslahat olish.

b) Sug‘urtalovchi bilan kelishgan holda sug‘urta qoidalari shartlariga qo‘shimcha kelishuvlarni tuzish va kredit shartnomalari doirasida taqdim etilgan sug‘urta polislariga qo‘shimcha sug‘urta mukofotini to‘lash yo‘li bilan o‘zgartirishlar va / yoki qo‘shimchalar kiritish;

v) Kreditning garov bilan ta’minlanmagan yoki boshqa ta’minot bilan ta’minlanmagan qismi mazkur qoidalar amal qilish davrida muddatidan avval to‘lansa, Sug‘urtalovchiga Elektron sug‘urta polisini muddatidan avval bekor qilish haqida murojaat qilish;

g) Mazkur Sug‘urta qoidalari doirasida Sug‘urtalovchi maslahatlarini olish.

d) Mazkur Sug‘urta qoidalari 4.7-bandida ko‘rsatilgan muddatda Elektron sug‘urta polisini olish;

ye) Sug‘urtalovchi bilan yozma kelishuv asosida Elektron sug‘urta polisini muddatidan avval bekor qilish;

j) Sug‘urta xodisasi sodir bo‘lgan taqdirda, sug‘urtalovchidan belgilangan tartibda sug‘urta to‘lovini talab qilib olish;

z) Sug‘urtalovchi tomonidan taqdim etilgan qaror bilan rozi bo‘lmagan taqdirda, qonunchilik bilan belgilangan tartibda Sug‘urtalovchining sug‘urta tovoni to‘lanishi va uning miqdori yoki sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda shikoyat keltirish.

5.2. Sug‘urta qildiruvchi / Qarz oluvchi majburiyatlari:

a) Mazkur sug‘urta qoidalarining 3-Ilovasiga muvofiq Ariza rasmiylashtirish;

b) Mazkur sug‘urta qoidalarining 4-bo‘limida ko‘rsatilgan miqdor va tartibda sug‘urta mukofotini Sug‘urtalovchining hisob raqamiga o‘tkazish;

v) Kredit shartnomasining ehtimolli o‘zgarishlari, shu jumladan kredit majburiyatida shaxslar almashishi haqida Sug‘urtalovchini xabardor qilish;

g) Elektron sug‘urta polisi taqdim etilayotganda Sug‘urtalovchiga ma’lum qilingan vaziyatlarda bo‘lgan jiddiy o‘zgarishlar haqida unga ular ma’lum bo‘lishi bilan Sug‘urtalovchini xabardor qilish, jumladan:

 Kredit shartnomasi bo‘yicha mablag‘ ajratilayotgan shartnomalar shartlari o‘zgarishi;

 Kredit shartnomasi bo‘yicha Sug‘urta qildiruvchi oldida majburiyatlari bajarilishi to‘xtatilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan Qarz oluvchi faoliyati tugatilishi yoki to‘xtatilishi;

 Qarz oluvchi korxonasining kelajakda qayta tuzilishi yoki tugatilishi;

 Garovga quyilgan mulkka undirish qaratilishi.

d) Sug‘urtalovchi so‘rovnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasi vujudga kelgan fakti va uning vaziyatlarini aniqlash uchun zarur barcha ma’lumot va axborotlarni taqdim etish;

ye) Sug‘urtalovchi talab etishi mumkin bo‘lgan, zarar sabablari va miqdori bilan bog‘liq har qanday boshqa isbot-dalillarni keltirish;

j) Sug‘urta qildiruvchi Zararni to‘lash bo‘yicha talabni Sug‘urtalovchiga kreditni qaytarish ta’minotini boshqa shakllari bo‘yicha huquqlarini amalga oshirganidan so‘ng beradi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 29.11.2017 yildagi 45-sonli Qarorining 22-bandi).

z) Mazkur sug‘urta qoidalari doirasida Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash majburiyati vujudga kelishiga olib keladigan sug‘urta hodisasi vujudga kelsa, darhol Sug‘urtalovchiga mazkur sug‘urta qoidalarining 6-Bo‘limida nazarda tutilgan muddat va usulda xabar berish;

i) Sug‘urtalovchiga barcha hujjat va isbot-dalillarni berish va Sug‘urtalovchi unga subrogatsiya tartibida o‘tgan huquqini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni taqdim etish;

k) Yuridik manzili va / yoki bank rekvizitlari o‘zgartirilgan taqdirda, bu haqida Sug‘urtalovchiga 5 (besh) ish kunidan kechiktirmasdan yozma xabar berish;

l) Mazkur sug‘urta qoidalari amal qilish davrida Sug‘urtalovchidan olingan ma’lumotlarning maxfiyligini saqlash, Sug‘urta qildiruvchi / Qarz oluvchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ma’lumot berishi shart bo‘lgan vaziyatlar bundan istisno;

m) Sug‘urtalovchi Sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovonini to‘lagan hajmda Qarz oluvchiga talab qo‘yish uchun zarur barcha huquqlarni Sug‘urtalovchiga sug‘urta tovoni to‘lanishidan o‘n kun avval topshirishi kerak.

5.3. Sug‘urtalovchi huquqlari:

a) Sug‘urta qildiruvchi, Qarz oluvchi taqdim etgan ma’lumotlarni, hamda ular kredit shartnomasi va mazkur sug‘urta qoidalari shartlarini bajarishini tekshirish;

b) Sug‘urta qildiruvchi bilan kelishgan holda mazkur qoidalar shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

v) Sug‘urta qildiruvchidan mazkur qoidalar amal qilishi davrida Qarz oluvchining moliyaviy holati va kredit shartnomasi bajarilishi haqida ma’lumot so‘rab olish;

g) Sug‘urta qildiruvchi bilan birgalikda monitoringda ishtirok etish, hujjatlar asosida va joyiga chiqib Qarz oluvchining xo‘jalik faoliyatining haqiqiy ahvolini o‘rganish, mazkur sug‘urta qoidalarining amal qilishining butun davrida kredit shartnomasi hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan bitimlar haqida ma’lumot talab qilish;

d) Sug‘urta xatari oshishiga olib keladigan vaziyatlar paydo bo‘lsa, mazkur sug‘urta qoidalari o‘zgartirishni yoki xatar darajasi oshishiga mutanosib ravishda qo‘shimcha sug‘urta mukofotini to‘lashni talab qilish;

ye) Sug‘urta qildiruvchi mazkur sug‘urta qoidalari shartlariga asosan o‘z majburiyatlarini bajarmasa yoki lozim darajada bajarmasi, Elektron sug‘urta polisini muddatidan avval bekor qilishni talab etish;

j) Qarz oluvchi, Sug‘urta qildiruvchi va vakolatli organlardan sug‘urta hodisasi faktini va to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta tovoni miqdorini aniqlash uchun zarur ma’lumotlarni so‘rash, hamda sug‘urta hodisasi vujudga kelishi vaziyatlarini mustaqil aniqlash, qo‘yilgan talab asoslanganligini va sug‘urta hodisasi mavjudligini (yo‘qligini) aniqlash uchun ekspertizalar o‘tkazish;

z) Ishlarni olib borish yoki zararlarni tartibga solish uchun syurveyer, ekspert, avariya komissarlari, advokat va boshqa shaxslarni yollash yoki tayinlash. Sug‘urta qildiruvchi, Qarz oluvchi bilan birgalikda tergov, sug‘urta hodisasi vujudga kelishi fakti va sug‘urta tovoni miqdorining ekspert tekshiruvlarini olib borish;

i) Quyidagi vaziyatlarda Sug‘urtalovchi sug‘urta tovoni (sug‘urta miqdorini) to‘lashni qoldirishi mumkin:

• Agar Sug‘urta qildiruvchi / Qarz oluvchi tashabbusi bilan zarar keltirishi sabablarining va vaziyatlarining qo‘shimcha ekspertizasi o‘tkazilsa. Bunda sug‘urta tovonini to‘lash muddati ekspertiza o‘tkazilayotgan davrga uzaytiriladi;

k) Sug‘urta hodisasi to‘g‘risida dalolatnoma tuzilganidan va imzolanganidan so‘ng, sug‘urta tovoni to‘lanishidan avval, Sug‘urta qildiruvchidan Qarz oluvchiga nisbatan Sug‘urta qildiruvchining talab huquqini, uning talabi qondirilgan hajmda topshirishni talab qilish;

l) Mazkur Sug‘urta qoidalari ko‘rsatilgan manzilga pochta orqali Sug‘urta qildiruvchi / Qarz oluvchiga sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish javobini yozma jo‘natish.

m) Regress tartibida sug‘urta puli (undirilganda) undirish belgilanganda, qarzdorning hisob varag‘idan akseptsiz tartibida pul mablag‘lari undirib olinadi.

5.4. Sug‘urtalovchi majburiyatlari:

a) Sug‘urta qildiruvchi, Qarz oluvchiga sug‘urtalash masalalari bo‘yicha tushuntirish va maslahatlar berish;

b) Mazkur Sug‘urta qoidalari shartlari bilan Sug‘urta qildiruvchi, Qarz oluvchini bevosita shartnoma (polis)ni rasmiylashtirishdan avval tanishtirib chiqish, va mazkur faktni ofertani imzolash yo‘li bilan qayd etish;

v) Mazkur Sug‘urta qoidalarining 4.7-bandida belgilangan muddatlarda Elektron sug‘urta polisini berish;

g) Barcha zarur hujjatlar olinganidan so‘ng, tegishli ekspertizani o‘tkazish va sug‘urta hodisasi vujudga kelgani fakti aniqlansa, sug‘urta hodisasi to‘g‘risida dalolatnomani 10 (o‘n) ish kuni ichida tuzish va imzolash, va sug‘urta tovonini mazkur Sug‘urta qoidalari bilan nazarda tutilgan muddat va miqdorda to‘lab berish;

d) Sug‘urta hodisasi vujudga kelgan taqdirda, Sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovonini to‘lab berish sug‘urta puli doirasida Qarz oluvchi to‘lamagan kredit qismini mazkur sug‘urta qoidalarining 6-Bo‘limida ko‘rsatilgan miqdor va muddatlarda qoplab berish;

ye) Sug‘urta qildiruvchi yoki Qarz oluvchi sug‘urta tovonini to‘lash uchun barcha zarur hujjatlarni taqdim etganidan so‘ng, Sug‘urta qildiruvchi / Qarz oluvchiga sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish haqida 15 (o‘n besh) kun ichida yozma xabardor qilish, unda rad javobi berilishi sabablari asoslagan bo‘lishi kerak.

j) Yuridik manzili va telefon raqamlarida barcha o‘zgarishlar haqida Sug‘urta qildiruvchi / Qarz oluvchiga yozma xabarnoma jo‘natish.

z) Mazkur sug‘urta qolidalari amal qilish davrida Sug‘urta qildiruvi / Qarz oluvchidan olingan ma’lumotlarning maxfiyligini saqlash, Sug‘urtalovchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ma’lumot berishi shart bo‘lgan vaziyatlar bundan istisno.


6-BO‘LIM. SUG‘URTA TOVONINI ANIQLASH VA TO‘LASH TARTIBI

6.1. Sug‘urta tovoni Sug‘urta qildiruvchiga garov bilan ta’minlanmagan yoki boshqa ta’minot turlari bilan ta’minlanmagan kreditning Qarz oluvchi to‘lamagan qismi miqdorida, ammo har qanday vaziyatda mazkur sug‘urta qoidalari bilan kelishilgan sug‘urta pulidan ortmagan miqdorda to‘lanadi. Kutish davri 30 (o‘ttiz) kalendar kunini tashkil etadi.

6.2. Sug‘urta tovoni miqdorini aniqlanishi: Sug‘urta tovonining miqdori Sug‘urta qildiruvchining moliyaviy xo‘jalik faoliyatidagi dastlabki buxgalteriya hisobotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga va Elektron sug‘urta polisi majburiyatlariga asosan aniqlanadi. Sug‘urta tovonning miqdori Sug‘urta qildiruvchining kredit mablag‘larini Kredit shartnomasi shartlari bo‘yicha aniq maqsadlarga ishlatilib, Kredit shartnomasi tugallangan muddatda qaytarilmagan qismidan garovga olingan Mulk qiymati yoki boshqa ta’minotning ayirmasi bilan aniqlanadi.

Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda birinchi navbatda Qarz oluvchi tomonidan garovga qo‘ygan mulkini yoki boshqa ta’minotni undirish uchun murojaat etadi.

6.3. Mazkur Sug‘urta qoidalarning 3.1-bandida ko‘rsatilgan vaziyatlar vujudga kelsa, Sug‘urta qildiruvchi 5 (besh) ish kuni ichida Sug‘urtalovchiga sug‘urta qoidalarida nazarda tutilgan sug‘urta hodisasi belgilariga ega sug‘urta voqeasi vujudga kelgani haqida xabarnomani topshiradi, va xabarnoma topshirilganidan so‘ng 10 (o‘n) bank ish kunidan kechiktirmay Sug‘urtalovchiga zarar keltirilgani faktini va uning miqdorini aniqlash imkoniyatini beruvchi barcha hujjatlarni topshirishi shart (berilgan kreditga tegishli barcha hujjatlar, Sug‘urta qildiruvchi va Qarz oluvchi o‘rtasida kreditni to‘lashga amalga oshirilgan to‘lovlarni qiyoslash dalolatnomalari, Qarz oluvchi kreditni to‘lash uchun o‘tkazgan pul mablag‘lari haqida to‘lov topshiriqnomalari nusxalari, soliq inspeksiyasida tasdiqlangan, oxirgi hisobot davri uchun Qarz oluvchi balansi nusxasi, bankdan joriy sana holatiga Qarz oluvchi hisob raqamida pul mablag‘lari mavjudligi yoki yo‘qligi haqida saldo ma’lumotnomasi, kredit shartnomasi amal qilish davrida pul mablag‘lari harakati haqida bank ko‘chirmasi, kredit mablag‘laridan foydalanish haqida hujjatlar, qonunchilik bilan belgilangan tartibda Qarz oluvchining bankrotligini tasdiqlovchi hujjat va hokazo).

Bunda Qarz oluvchi Sug‘urtalovchiga talab etgan hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etish uchun Sug‘urta qildiruvchiga hamkorlik qilishi shart.

6.4. Sug‘urtalovchi yuqorida keltirilgan hujjatlar ro‘yxatini qisqartirishga haqli, hamda Sug‘urta qildiruvchidan, agar aniq vaziyatlarni inobatga olgan holda, ular yo‘qligi sug‘urta hodisasi vujudga kelgani faktini va zarar miqdorini aniqlash imkoniyati bo‘lmasa, qo‘shimcha hujjatlarni talab etishga haqli.

6.5. Sug‘urta qildiruvchi taqdim etgan hujjatlar asosida kutish davri yakunlangandan so‘ng Sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi vujudga kelgani faktini tan olsa, Sug‘urtalovchi 15 (o‘n besh) bank ish kuni ichida sug‘urta hodisasi to‘g‘risida Dalolatnomani tuzadi, unda barcha olingan ma’lumot ko‘rsatiladi va to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta tovoni miqdori aniqlanadi. Sug‘urta hodisasi to‘g‘risida Dalolatnoma Sug‘urtalovchi, Sug‘urta qildiruvchi va Qarz oluvchi tomonidan imzolanadi.

6.6. Sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovoni sug‘urta hodisasi to‘g‘risida Dalolatnoma imzolangandan so‘ng 10 (o‘n) bank ish kuni ichida to‘lanadi. Sug‘urta tovoni to‘langan kun deb, pul mablag‘lari Sug‘urtalovchining hisob raqamidan yechilgan kun hisoblanadi.

6.7. Sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lashda rad javobini qabul qilgan bo‘lsa, Sug‘urtalovchiga ariza berilgan va barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab 15 (o‘n besh) kun ichida Sug‘urta qildiruvchiga rad javobinnin sabablari asoslangan yozma xabarnoma jo‘natiladi.

6.8. Sug‘urtalovchi quyidagi vaziyatlarda sug‘urta tovonini to‘lashga rad javobini berishi mumkin:

a) Agar Sug‘urta qildiruvchi Sug‘urtalovchiga Elektron sug‘urta polisini uchun asos bo‘lgan hujjatlarni taqdim etganda, sug‘urta xatari haqida qaror qabul qilish uchun ahamiyatli vaziyatlar haqida haqiqiy bo‘lmagan ma’lumotlarni bergan bo‘lsa;

b) Agar sug‘urta hodisasi Sug‘urta qildiruvchi / Qarz oluvchining qasddan qilgan harakatlari va/yoki harakatsizligi oqibatida vujudga kelgan bo‘lsa, ular o‘z fuqaroviy burchini yoki Sug‘urta qildiruvchi / Qarz oluvchi yoki uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, nomusi va qadriyatlarini himoya qilish bilan bog‘liq harakatlar bundan istisno;

v) Agar Sug‘urta qildiruvchi Sug‘urtalovchini sug‘urta hodisasi vujudga kelgani haqida o‘z vaqtida xabardor qilmagan bo‘lsa;

g) Agar Sug‘ura qildiruvchi yoki Qarz oluvchi sug‘urta hodisasi vaziyatlari va sabablarini, hamda zarar miqdorini aniqlashda ishtirokiga to‘sqinlik qilsa;

d) Sug‘urta qildiruvchi aybi bilan Sug‘urtalovchida subrogatsiya tartibida talab qo‘yish imkoniyati bo‘lmasa;

ye) Sug‘urta qildiruvchi kredit mablag‘laridan foydalanganlik haqida hujjatlar taqdim etmasa, to‘lov topshiriqnomalari, bajarilgan ishlar dalolatnomalari, schet-faktura, mol olinganligi haqida yuk xatlari va hokazo;

j) Sug‘urta qildiruvchi qoida buzishlari, agarda ular Sug‘urta qildiruvchining litsenziyasi va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlari chaqirib olinishiga olib kelgan bo‘lsa, va natijada Qarz oluvchi Kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarini bajara olmay qolgan bo‘lsa;

z) Sug‘urta qildiruvchi tomonidan Qarz oluvchi kredit mablag‘larini ishlatishi bo‘yicha o‘rnatilgan ichki tartiblariga asosan dastlabki monitoring amalga oshirilmagan bo‘lsa;

i) Kredit shartnomasi shartlari bilan nazarda tutilgan kredit Qarz oluvchi tomonidan maqsadiga muvofiq bo‘lmagan holda ishlatilsa;

k) Sug‘urta qildiruvchiga Zarar keltirilishi uchun aybdor shaxs tomonidan zarar to‘liq qoplangan bo‘lsa;

l) Sug‘urta qildiruvchi /Qarz oluvchi mazkur Sug‘urta qoidalari shartlarini bajarmasa yoki yetarli darajada bajarmasa;

m) Agar Sug‘urta qildiruvchi unga zarar keltirgan Qarz oluvchiga nisbatan da’vo huquqidan voz kechsa, yoki unga nisbatan talablar amalga oshirilishini ta’minlovchi huquqlardan voz kechsa, hamda Sug‘urtalovchiga uning subrogatsiya huquqini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni topshirishga rad javobini bersa.

6.9. Quyidagilar oqibatida kredit qaytarilmagan bo‘lsa Sug‘urta tovoni qoplamaydi:

• Qarz oluvchi kreditni to‘liq yoki qisman boshqa, biznes-reja bilan nazarda tutilmagan maqsadlarga ishlatib yuborsa;

• Sug‘urta qildiruvchi qonunchilikka muvofiq Qarz oluvchidan debitor qarzdorlikni undirishga qaratilgan choralar ko‘rilmagan bo‘lsa;

• Mazkur Sug‘urta qoidalari amal qilish davrida Sug‘urtalovchi bilan kelishmagan holda Sug‘urta qildiruvchi Qarz oluvchining mulkini begonalashtirsa.


7-BO‘LIM. SHARTNOMA MUDDATLARI

7.1. Mazkur Sug‘urta qoidalari taraflar imzolagan kundan kuchga kiradi, ushbu qoidalarning ilovasi sifatida rasmiylashtiriladigan polislarning amal qilish muddatlari polisning o‘zida belgilab o‘tiladi. 7.2. Taraflarning har biri boshqa tarafga oxirgi manzili bo‘yicha shartnomani bekor qilishning ehtimolli sanasidan 15 (o‘n besh) kun avval yozma ravishda ogohlantirish jo‘natib, Elektron sug‘urta polisini istalgan vaqtida bekor qilishi mumkin, Elektron sug‘urta polisi bekor qilinishi uchinchi taraf manfaatlariga daxl qilgan vaziyatda ularning yozma roziligi talab etiladi.

7.3. Elektron sug‘urta polisi, agar u kuchga kirganidan keyin sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimoli yo‘qolgan va sug‘urta xavfining mavjud bo‘lishi sug‘urta hodisasidan boshqa holatlar bo‘yicha tugagan bo‘lsa, tuzilgan muddati kelishidan oldin bekor bo‘ladi. Quyidagi holatda, xususan, kredit mablag‘larini Qarz oluvchi muddatidan oldin qaytargan bo‘lsa, kredit shartnomasi bo‘yicha kredit garov yoki boshqa ta’minot turlari bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lsa, Elektron sug‘urta polisi Sug‘urta qildiruvchi talabi bo‘yicha muddatidan avval bekor qilinishi mumkin.

7.4. Sug‘urta qildiruvchining talabiga ko‘ra mazkur Sug‘urta qoidalari asosida berilgan Elektron sug‘urta polisi muddatidan oldin bekor qilinganda to‘langan sug‘urta mukofoti Sug‘urta qildiruvchiga qaytarib berilmaydi.

7.5. Mazkur Sug‘urta qoidalari va taqdim etilgan sug‘urta polislari quyidagi vaziyatlarda tugatiladi:

a) Shartnoma taraflarining kelishuvi bo‘yicha;

b) Sug‘urtalash davri tugaganda;

v) Sug‘urtalovchi o‘z majburiyatlarini Sug‘urta qildiruvchi, Qarz oluvchi oldida to‘liq hajmda bajarganda;

g) Sug‘urta mukofoti belgilangan muddatda to‘lanmasa, yoki sug‘urta mukofotining navbatdagi qismi Elektron sug‘urta polisi bilan belgilangan muddat va tartibda to‘lanmasa;

d) Sug‘urta hodisasi vujudga kelishidan avval Sug‘urta qildiruvchi / Qarz oluvchi tugatilsa;

ye) Sug‘urta qildiruvchi / Qarz oluvchi qayta tashkil etilishi, agar Sug‘urtalovchi Elektron sug‘urta polisi bo‘yicha Sug‘urta qildiruvchi / Qarz oluvchining huquq va majburiyatlari Sug‘urta qildiruvchi / Qarz oluvchining huquqiy vorislariga o‘tishini yozma tasdiqlamagan bo‘lsa;

j) Sug‘urta hodisasi vujudga kelishi ehtimoli bekor bo‘lsa va sug‘urta xatari sug‘urta hodisasidan boshqa sabablarga ko‘ra bekor bo‘lsa;

z) O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan nazarda tutilgan boshqa vaziyatlarda.

7.6. Sug‘urta xatari sug‘urta hodisasidan boshqa sabablarga ko‘ra bekor bo‘lsa, Elektron sug‘urta polisi bekor bo‘ladi xususan, agar kredit qaytarilmasligi xatari sug‘urta qilinganda, mazkur sug‘urta qoidalarga asosan taqdim etilgan Elektron sug‘urta polisi bilan sug‘urtalangan kredit qismi bo‘yicha debitor qarzdorlik to‘langan bo‘lsa.


8-BO‘LIM. TARAFLAR JAVOBGARLIGI

8.1. O‘z majburiyatlarini bajarmaslik yoki yetarli darajada bajarmaslik uchun, taraflar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi.

8.2. Sug‘urta mukofoti yoki navbatdagi sug‘urta badal o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, Sug‘urtalovchi har bir kechiktirilgan kun uchun Sug‘urta qildiruvchidan to‘lanmagan sug‘urta mukofotining 0.5% miqdorida penya talab qilishga haqli, ammo uning umumiy miqdori kechiktirilgan to‘lov miqdorining 50% dan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

8.3. To‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta tovoni to‘lanishi muddati kechiktirilgan taqdirda, Sug‘urtalovchi Sug‘urta qildiruvchiga har bir kechiktirilgan kun uchun to‘lovning 0.5% miqdorida penya to‘laydi, ammo uning umumiy miqdori zarar miqdorining 50% dan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

8.4. Penya yoki jarima to‘lanishi taraflarni mazkur sug‘urta qoidalri bo‘yicha majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi.


9-BO‘LIM. FORS – MAJOR

9.1. Taraflar fors-major holatlar amal qilishi davrida ushbu Sug‘urta qoidalari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini qisman yoki to‘liq bajarmaganliklari uchun javobgar bo‘lmaydi.

9.2. Fors-major holatlarga tabiiy hodisalar (zilzilalar, yer ko‘chishlari, dovullar, qurg‘oqchiliklar va Sug‘urta qoidalarida nazarda tutilmagan sanab o‘tilmagan boshqa tabiiy ofatlar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (harbiy harakatlar, ish tashlashlar, qamallar, davlat tashkilotlari tomonidan qo‘yilgan yoki davlatlar o‘rtasidagi cheklovchi va taqiqlovchi chora-tadbirlar, shuningdek hukumat qarorlari va boshqalar), agar ular Sug‘urta qoidalarini bajarilishiga bevosita ta’sir qilgan bo‘lsa) keltirib chiqargan favqulodda, bartaraf qilib bo‘lmaydigan va ushbu sharoitlarda nazarda tutib bo‘lmaydigan holatlar taalluqli bo‘ladi.

9.3. Fors-major holatlar yuzaga kelgan taqdirda, taraflar tomonidan majburiyatlarni bajarilishi muddati fors-major holatlar amal qiladigan vaqtga mutanosib ravishda keyinga qoldiriladi. Bunda Taraflar belgilangan tartibda ushbu Sug‘urta qoidalari bo‘yicha majburiyatlarning bajarilgan va bajarilmagan qismlar bo‘yicha yakuniy hisob-kitobni amalga oshiradi.


10-BO‘LIM. SUBROGATSIYA

10.1. Sug‘urta tovonini to‘lagan Sug‘urtalovchiga to‘langan miqdori doirasida Sug‘urta qildiruvchining sug‘urtalash natijasida qoplangan zarar uchun javobgar Qarz oluvchiga nisbatan talab etish huquqi o‘tadi. Sug‘urta qildiruvchi Sug‘urtalovchiga barcha hujjat va isbot-dalillarni topshiradi va Sug‘urtalovchi unga o‘tgan talab etish huquqini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni beradi.

10.2. Agar Sug‘urta qildiruvchi zarar keltirishi uchun javobgar shaxs – Qarz oluvchiga nisbatan talab etish huquqidan voz kechsa, yoki ushbu talab etish huquqini Sug‘urta qildiruvchi aybi bilan amalga oshirish imkoniyati bo‘lmasa, Sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatidan to‘liq yoki tegishli qismida ozod etiladi va Sug‘urta qildiruvchidan ortiqcha to‘langan sug‘urta tovoni miqdorini qaytarib berishni talab qilishga haqli.


11-BO‘LIM. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI.

11.1. Mazkur Sug‘urta qoidali bilan nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha yoki ular bilan bog‘liq holda nizo, talab yoki tushunmovchilik vujudga kelsa, taraflar ularni muzokaralar olib borish yo‘li bilan hal etishga choralar ko‘rishadi.

11.2. Mazkur Sug‘urta qoidali bilan nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha yoki ular bilan bog‘liq holda, shu jumladan uni ijro etish, buzish, tugatish yoki bekor qilish haqida vujudga kelgan nizo, talab yoki tushunmovchiliklarni muzokaralar yo‘li bilan hal etish imkoniyati bo‘lmasa, Sug‘urta qildiruvchi joylashgan joydagi sud orqali nizolar hal etiladi.


12-BO‘LIM. BOSHQA SHARTLAR

12.1. Mazkur Sug‘urta qoidali shartlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida deponent qilingan sug‘urtalash Qoidalari va 14-sinf bo‘yicha shartnomalarning namunali shakli asosida ishlab chiqilgan.

12.2. Sug‘urtalashga Ariza-anketa, unga Sug‘urta qildiruvchi ilova qilgan hujjatlar, barcha ilova va qo‘shimchalar bilan Kredit shartnomasi, mazkur Sug‘urta qoidalariga barcha o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar ushbu Sug‘urta qoidalariga ajralmas va tarkibiy qismi hisoblanadi.

12.3. Kredit shartnomasiga zaruriyat bo‘yicha o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritilsa, tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar Elektron sug‘urta polisiga ham kiritiladi.

12.4. Shartnoma taraflari, hamda ularning vakillari va xodimlari mazkur Qoidalarga tegishli firma yoki maxfiy ma’lumotlarni, boshqa taraflarning dastlab yozma roziligisiz oshkor etishmaydi.

12.5. Mazkur sug‘urta Qoidalari bilan tartibga keltirilmagan barcha masalalar bo‘yicha Taraflar amaldagi qonunchilikka rioya qilishadi.

12.6. Mazkur sug‘urta qoidalari bir xil yuridik kuchga ega 2 (ikki) nusxada tuzilgan va imzolangan, u Qarz oluvchi, Sug‘urta qildiruvchi va Sug‘urtalovchida bitta nusxadan saqlanadi.

12.7. Mazkur Sug‘urta qoidalari taraflar xohishiga ko‘ra o‘zbek tilida tuzilgan.


Sug‘urtalovchining rekvizitlari:

To‘liq nomlanishi: “MY-INSURANCE” AJ ST

2022 yil 25 fevraldagi SF seriya 00037-sonli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining litsenziyasi

Pochta manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent, Mirobod tumani, Kichik Mirobod ko‘chasi, 95 uy

Telefon: +998 71 205-19-19

Elektron pochta: info@.myinsurance.uz

Made on
Tilda