"My Insurance" Aksiyadorlik Jamiyati Sug‘urta Tashkiloti
“BAXTSIZ HODISALARDAN SUG‘URTALASH” MAHSULOTI BO‘YICHA
OMMAVIY OFERTA

Mazkur Ommaviy Oferta (matn davomida “Oferta”) “MY-INSURANCE” Aksiyadorlik Jamiyatining (matn davomida Sug‘urtalovchi) noma’lum doiradagi jismoniy shaxslarga (matn davomida Sug‘urta qildiruvchi) yo‘llangan qo‘yidagi sug‘urta shartlarida sug‘urta shartnomasini Sug‘urtalovchining axborot tizimlari vositasida elektron shaklda tuzish taklifi bo‘lib hisoblanadi. Sug‘urtalovchi va Sug‘urta qildiruvchi kelishuv taraflaridir.

Mazkur Oferta shartlarining qabul qilinishi va belgilangan sug‘urta mukofotining to‘lanishi uning shartlarini akseptlash hamda Sug‘urta qildiruvchining Sug‘urta shartnomasini tuzishga roziligi hisoblanadi. Sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta mukofoti to‘langanligi fakti tasdiqlanganidan keyin unga elektron sug‘urta polisi yuboriladi va Sug‘urta shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.

Ushbu oferta sug‘urta polisini rasmiylashtirish sanasida amalda bo‘lgan “Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash” sug‘urta mahsuloti bo‘yicha fuqarolarning mazkur ofertada ko‘rsatilgan shartlar asosida tartibga solinadi. Ushbu oferta https://myinsurance.uz/qoidalar havolasi bo‘ylab, rasmiy veb saytda jamoatchilikka ochiq taqdim etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370-moddasiga muvofiq. Ushbu oferta shartlarini so‘zsiz qabul qilish (aksept qilish) ommaviy Oferta shartlarini qabul qilish hisoblanadi, bu qo‘yidagilarga:

- ushbu Oferta shartlari, shu jumladan unda ko‘rsatilgan sug‘urta shartlari bilan roziligi;

- sug‘urta polisini shakllantirish uchun taqdim etilgan shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash, shu jumladan tizimlashtirish, saqlash, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, 5 (besh) yil muddatga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish maqsadida ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan yoki avtomatlashtirilmagan usulda qayta ishlash yo‘li bilan uzatish, shuningdek, ichki hujjat aylanishini ta’minlash bo‘yicha sug‘urta shartlariga ko‘ra o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarish uchun ularni uchinchi shaxslarga o‘tkazishga roziligini ifodalaydi.

Agar sug‘urta mukofoti to‘liq to‘lanmagan bo‘lsa, shuningdek, sug‘urtalovchi tomonidan akseptni bekor qilish to‘g‘risidagi bildirishnoma akseptga qadar yoki u bilan bir vaqtda olingan bo‘lsa, aksept olinmagan hisoblanadi.

“Oferta”,“Sug‘urta shartnomasi” va “Sug‘urta polisi” havolalari bundan buyon matnda ushbu elektron hujjatga nisbatan bir xil ma’noga ega.



1-BO‘LIM. ATAMALAR VA ULARNING TA’RIFLARI

1.1. Ushbu Ofertada ishlatiladigan asosiy atamalar.

Sug‘urtalovchi – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining litsenziyasi asosida faoliyat yurituvchi «MY-INSURANCE» AJ ST.

Sug‘urta qildiruvchi – Sug‘urtalovchi bilan Oferta shartlarida sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan muomalaga layoqatli jismoniy shaxs.

Sug‘urtalangan shaxs – Sug‘urtalovchi va Sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida tuzilgan sug‘urta polisi asosida mulkiy manfaatlari himoyalangan jismoniy shaxs.

Sug‘urta hodisasi – to‘satdan, oldindan anglanmagan va insonlarning hohishisiz yuz bergan, Sug‘urtalangan shaxsning sug‘urta muddati mobaynida jarohatlanishi yoki o‘limiga olib keluvchi baxtsiz hodisa.

Sug‘urta polisi – sug‘urta mukofoti to‘langanidan so‘ng, Sug‘urtalovchi bilan Sug‘urta qildiruvchining Oferta shartlariga binoan hamda uning sug‘urta summasi doirasidagi javobgarligini tasdiqlovchi hujjat.

Sug‘urta summasi – Sug‘urtalovchi sug‘urta polisi bo‘yicha Sug‘urta qildiruvchi oldidagi majburiyatlarini qoplashi uchun pul summasining eng yuqori hajmi.

Sug‘urta mukofoti – Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta polisiga muvofiq Sug‘urtalovchi (uning agenti)ga to‘lashi shart bo‘lgan sug‘urta uchun haq (badal).

Sug‘urta tovoni – sug‘urta polisida nazarda tutilgan sug‘urta hodisasi yuz berishi natijasida ko‘rilgan zararni to‘liq yoki qisman qoplash uchun Sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanadigan pul mablag‘lari summasi.

Naf oluvchi – ushbu oferta shartlariga ko‘ra, sug‘urta qildiruvchining o‘zi.

Ariza so‘rovnoma – Sug‘urta qildiruvchining rasmiy veb-saytida yoki internet xizmatida sug‘urta shartnomasini tuzish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni kiritish orqali vaqt rejimida Sug‘urtalovchi tomonidan to‘ldiriladigan onlayn ariza shakli (elektron ariza). Elektron shaklda to‘ldiriladigan ariza shakli, agar u to‘g‘ri to‘ldirilgan bo‘lsa, sug‘urta qilish uchun yozma ariza tengdir.

Oferta – bir yoki bir necha muayyan shaxsga yuborilgan, yetarli darajada aniq bo‘lgan va taklifni kiritgan shaxsning o‘zini taklif yo‘llangan va uni qabul qiladigan shaxs bilan shartnoma tuzgan deb hisoblash niyatini ifoda etadigan taklif oferta hisoblanadi.

Sug‘urta hududi – sug‘urta shartnomasida (sug‘urta polisida) ko‘rsatilgan sug‘urta amal qiladigan hudud.

Sug‘urta javobgarligi vaqti – tunu kun.

Sug‘urta javobgarligi davri – 365 kun. Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash bo‘yicha javobgarligi sug‘urta mukofoti to‘langan sanadan keyingi kunning 00.00 soatidan e’tiboran kuchga kiradi.

Franshiza (shartsiz) – Sug‘urta qildiruvchi ko‘rgan zararning Sug‘urtalovchi tomonidan har bir sug‘urta hodisasi bo‘yicha qoplanmaydigan qismi.


2-BO‘LIM. SUG‘URTA OBYEKTI VA SUBYEKTLARI

2.1. Sug‘urta obyekti sug‘urta polisining amal qilishi davrida baxtsiz hodisa natijasida Sug‘urtalangan shaxsning sog‘lig‘i va/yoki hayotiga belgilangan qaltisliklar oqibatida ko‘rilgan zararning Sug‘urtalovchi tomonidan to‘lab berilishi bilan bog‘liq mulkiy manfaatlari hisoblanadi.

2.2. Sug‘urta subyektlari Sug‘urtalovchi hamda sug‘urta polisida Sug‘urta qildiruvchi va Naf oluvchi sifatida ko‘rsatilgan shaxslar hisoblanadi.


3-BO‘LIM. SUG‘URTA HODISALARI. SUG‘URTA HODISALARDAGI ISTISNOLAR

3.1. Quyidagi risklar sug‘urta hodisalari hisoblanadi:

- Sug‘urtalangan shaxsning yiqilishi yoki uning ustiga biror-bir predmetni tushishi;

- kutilmagan bo‘g‘ilish, nafas olish yo‘llariga tasodifan yot jismlarning tushishi, viruslarning tushishi bundan mustasno;

- zararli mahsulotlar yoki moddalar oqibatida jiddiy zaharlanish (zararli o‘simliklar, kimyoviy moddalar, dori-darmonlar, sifatsiz oziq-ovqatlar);

- qo‘l-oyoqlar yoki umurtqaning keskin jismoniy zo‘riqishi tufayli mushak (muskul), pay, paycha yoki tomirning qisman yoki butunlay cho‘zilishi;

- kuyish, sovuq urishi, cho‘kish, elektr toki urishi;

- uchinchi shaxslarning tajovuzi va/yoki hayvonlarning hamla qilishi;

- tabiiy ofatlar sababli Sug‘urtalangan shaxsning sog‘lig‘iga zarar yetishi natijasida:

- Sug‘urtalangan shaxsning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi;

- Sug‘urtalangan shaxsga 1 yoki 2 guruh nogironligi belgilanishi;

- Sug‘urtalangan shaxsning vafoti yuz berishi hisoblanadi.

3.2.Ushbu Ofertaga ko‘ra, quyidagi holatlar sug‘urta hodisasi deb hisoblanmaydi va javobgarlik olib borilmaydi:

- Sug‘urtalangan shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida tan jarohat olishi yoki vafot etishi;

- Sug‘urtalangan shaxsning sug‘urta hodisasi hisoblanmagan holat natijasidagi vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi, nogironligi yoki vafot etishi;

- o‘zining biror a’zosini qasddan jarohatlashi;

- o‘z-o‘zini o‘ldirishga suiqasd qilishi;

- VICH-infeksiyalanish, narkotik va psixotrop moddalarini iste’moli tufayli kasallanishlar va o‘limi;

- fuqarolik va harbiy to‘ntarishlarda, xalq qo‘zg‘olonlarida qatnashishi natijasidagi hodisalar;

- homiladorlik, tug‘ish va tug‘ruqdan keyingi bola parvarishi tufayli mehnatga layoqatsizligi;

- bemor oila a’zosi, kasal (nogiron) va sog‘lom bolani parvarishlash tufayli vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi;

- sanatoriya-kurortda davolanish uchun kasallik varaqasini ochtirish.


4-BO‘LIM. SUG‘URTA PULI, FRANSHIZA SUG‘URTA MUKOFOTI, UNI TO‘LASH TARTIBI

4.1. Sug‘urta puli – bu sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi) bo‘yicha Sug‘urtalovchi o‘z majburiyatlarini bajarish uchun javobgar bo‘lgan pul miqdori.

4.2. Sug‘urta puli miqdori Sug‘urta qildiruvchi va Sug‘urtalovchi o‘rtasidagi kelishuv bilan belgilanadi va sug‘urta shartnomasida (sug‘urta polisida) ko‘rsatiladi.

4.3. Sug‘urta shartlariga ko‘ra franshiza qo‘llanilmaydi.

4.4. Sug‘urtalovchi sug‘urta polisi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta mukofoti miqdorini hisoblashda o‘zi tomonidan tasdiqlangan, sug‘urta xavfining xususiyatini, sug‘urta majburiyatlarining hajmini va muddatini hisobga olgan sug‘urta ta’riflarini qo‘llaydi.

4.5. Sug‘urta mukofoti miqdori real vaqt rejimida Sug‘urtalovchining veb saytida ko‘rsatiladi va Sug‘urta qildiruvchi tomonidan to‘lov tizimi operatorlari yordamida Sug‘urtalovchining hisob raqamiga pul mablag‘lirini o‘tkazish yo‘li bilan bir vaqtning o‘zida to‘lanadi.

4.6. Sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta mukofotini to‘lash fakti bir vaqtning o‘zida uning ushbu ofertaning barcha shartlariga roziligini tasdiqlaydi.

4.7. O‘zaro hisob-kitoblarning valyutasi O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – “So‘m” dir.


5-BO‘LIM. SUG‘URTA SHARTNOMASI VA UNING AMAL QILISH MUDDATI

5.1. Sug‘urta shartnomasi 1 (bir) yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuzilishi mumkin. Sug‘urta shartnomasi(sug‘urta polisi)ning amal qilish muddati “Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash”ning amal qilish muddatidan oshmasligi (yoki uni rejelashtirilgan almashtirish davridan) kerak.

5.2. Sug‘urta polisi Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta mukofotini to‘langan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va polisda ko‘rsatilgan sug‘urta muddati tugagunga qadar amal qiladi. Sug‘urta muddati sug‘urta mukofoti olingan kundan boshlab keyingi kunning soat 00:00 da boshlanadi va sug‘urta polisida ko‘rsatilgan sug‘urta davrining tugash sanasigacha (har ikki sanani ham hisobga olgan holda) davom etadi.


6-BO‘LIM. SUG‘URTA SHARTNOMASI (SUG‘URTA POLISI)NI BЕKOR QILISH

6.1. Sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi) qo‘yidagi hollarda bekor qilinadi.

a) sug‘urta muddati tugaganda;

b) sug‘urtalovchi o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarganda;

v) Sug‘urta qildiruvchining sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi)dan voz kechsa;

g) sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi)ni Sug‘urta qildiruvchi va Sug‘urtalovchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan bekor qilish;

d) agar sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi) kuchga kirgandan keyin sug‘urta hodisasi yuzaga kelishi ehtimoli yo‘qolgan bo‘lsa va sug‘urta hodisasidan tashqari boshqa holatlar tufayli sug‘urta xavfining mavjudligi to‘xtatilgan bo‘lsa;

ye) Sug‘urta qildiruvchining vafoti;

yo) O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida, sug‘urta Qoidalarida va Ofertada nazarda tutilgan boshqa hollarda.

6.2. 6.1-bandida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi) bekor qilinganda sug‘urta mukofoti qaytarib berilmaydi.


7-BO‘LIM. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

7.1. Sug‘urtalovchining majburiyatlari:

a) sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, ushbu Ofertada ko‘rsatilgan muddatda sug‘urta to‘lovini amalga oshirish;

b) Sug‘urta qildiruvchi va uning mulkiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, agar bu O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bo‘lmasa, oshkor qilmaslik;

v) Sug‘urtalovchining iltimosiga binoan sug‘urta masalalari bo‘yicha maslahat berish;

7.2. Sug‘urtalovchi qo‘yidagi huquqlarga ega:

a) sug‘urta shartnomasi(sug‘urta polisi)ni haqiqiy emas deb topishni va amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan haqiqiy emaslik oqibatlarini qo‘llashni talab qilish, agar Sug‘urta qildiruvchi shartnomani tuzishda (polisni berishda) bila turib Sug‘urtalovchiga noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etgan bo‘lsa;

b) agar Sug‘urta qildiruvchi Qoidalar va ushbu taklifda belgilangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan bo‘lsa, sug‘urta tovonini to‘lashdan bosh tortish;

v) Qoidalarda, sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi)da, ushbu Ofertada va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish;

7.3. Sug‘urta qildiruvchining majburiyatlari:

a) ushbu Oferta shartlariga, Qoidalariga va sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi)ga rioya qilish;

b) sug‘urta hodisasi yuz bermasligi uchun unga bog‘liq bo‘lgan barcha choralarni ko‘rish;

v) ushbu sug‘urta shartnoma (sug‘urta polisi) tuzilayotganda Sug‘urtalovchiga tavakkalchilik darajasiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash uchun muhim bo‘lgan ishonchli ma’lumotlarni yetkazish;

7.4. Sug‘urta qildiruvchi quyidagi huquqlarga ega.

a) Sug‘urta Qoidalari va ushbu Oferta bilan tanishish;

b) Sug‘urtalovchidan sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi) bo‘yicha majburiyatlarni bajarishni talab qilish;

v) Ushbu Oferta, Sug‘urta Qoidalari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sug‘urta shartnomasi(sug‘urta polisi)ni muddatidan oldin bekor qilish;

g) Qoidalar, sug‘urta shartnomasi (polisi), ushbu Oferta va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish;


8-BO‘LIM. SUG‘URTA TOVONINING MIQDORI VA TO‘LOVI

8.1. Sug‘urta tovoni Sug‘urtalovchi tomonidan Sug‘urtalangan shaxs yoki uning merosxo‘riga sug‘urta mukofoti - sug‘urta polisida belgilangan miqdor va shartlarda to‘langan taqdirda to‘lab beriladi.

8.2. sug‘urta hodisasi yuz berganda, sug‘urta tovonini olish uchun Sug‘urtalovchiga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

- o‘rnatilgan shakldagi ariza;

- sug‘urta polisi asl nusxasi (polis yozma shaklda rasmiylashtirilganda);

- shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) nusxasi;

- baxtsiz hodisa yuz bergan vaqtdan e’tiboran 3 (uch) ish kuni ichida berilgan, shuningdek sug‘urta hodisasining sanasini tasdiqlovchi tibbiy hujjatlar (kasallik varaqasining nusxasi, davolanishning davomiyligi haqida ma’lumotnoma, TMEK xulosasining nusxasi, o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi);

- zarurat bo‘lganda, Naf oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat va meros huquqining kuchga kirganligini tasdiqlovchi hujjat.

8.3. sug‘urta hodisasi natijasida sug‘urta tovoni o‘rnatilgan sug‘urta summasiga nisbatan quyidagi foiz miqdorlarida to‘lab beriladi:

- Sug‘urtalangan shaxs vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolsa, sug‘urta summasining 2,5 foizi;

- Sug‘urtalangan shaxsga nogironlik belgilansa:

a) I guruh uchun sug‘urta summasidan – 75 foiz;

b) II guruh uchun sug‘urta summasidan – 50 foiz;

- Sug‘urtalangan shaxsning o‘limi yuz berganda, sug‘urta summasining 100 foizi.

8.4. Sug‘urtalangan shaxsga sug‘urta tovoni ularning mehnatga layoqatsizligi, nogironligi yoki o‘limi sug‘urta hodisasi yuz bergan kundan e’tiboran bir yil davomida yuz bersa va to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta hodisasining oqibati hisoblansagina to‘lab beriladi.

8.5. Sug‘urtalangan shaxs tomonidan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha sug‘urta tovoni olingandan so‘ng unga nogironlik belgilangan yoki o‘lim yuz bergan taqdirda Sug‘urtalangan shaxsga o‘lim va nogironlik bo‘yicha belgilangan sug‘urta summasi va olingan sug‘urta tovoni o‘rtasidagi farq to‘lanadi.

8.6. Sug‘urtalangan shaxsning o‘limidan so‘ng Naf oluvchi unga tegishli sug‘urta tovonini olishga ulgurmay turib, vafot etsa, u holda Sug‘urtalangan shaxsning o‘limi holati bo‘yicha sug‘urta tovoni ushbu Naf oluvchining merosxo‘rlariga to‘lab beriladi.

8.7. Barcha sug‘urta hodisalari bo‘yicha sug‘urta tovonlari yig‘indisi polisda belgilangan sug‘urta summasidan oshib ketishi mumkin emas. Sug‘urtalangan shaxsga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik yoki nogironlikning belgilanishi bo‘yicha sug‘urta tovoni to‘langandan so‘ng, Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta summasini to‘liq hajmda tiklashi zarur.

8.8. Sug‘urta qildiruvchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori Sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risidagi ariza bergan kundan boshlab 15 (o‘n besh) kundan kechiktirmay xabardor qilinishi va rad etishning asoslantirilgan sabablarini o‘z ichiga olishi kerak.


9-BO‘LIM. BOSHQA SHARTLAR

9.1. O‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarmaganliklari yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladilar.

9.2. Polis va ushbu Ofertada nazarda tutilgan yoki ular bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha, shu jumladan ularni bajarish va buzish bilan bog‘liq nizolar, da’volar yoki kelishmovchilar yuzaga kelgan taqdirda, tomonlar ularni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish choralarini ko‘radilar.

9.3. Agar tomonlar muzokaralar orqali tinch yo‘l bilan kelishmasa, Sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi) tuzilishi (rasmiylashtilishi), o‘zgarishi, tugatilishi, bekor bo‘lishi, haqiqiy emasligi, tuzilmaganligi(to‘liq yoki qisman) bilan yuzaga kelgan yoki kelib chiqadigan barcha nizolar,kelishmovchiliklar, talablar va da’volar Sug‘urtalovchining ixtiyori bilan fuqarolik ishlarining sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko‘ra hal etiladi. Da’vo arizasi bilan tumanlararo sudiga yoki Hakamlik sudiga murojaat qilishni tanlash huquqi Sug‘urtalovchida qoladi.

9.4 Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Tomonlar Sug‘urta oidalari va ushbu Oferta (ariza so‘rovnoma, sug‘urta shartnomasi, sug‘urta polisi, syot-faktura, aktlar, sertifikatlar, hujjatlar va boshqalar) doirasida elektron shaklda tuzilgan barcha hujjatlarni kelishib oladilar va yuridik kuchini tan oladilar va ularni qog‘ozdagi hujjatlarga tenglashtiradigan, qo‘lda yozilgan imzo bilan imzolangan va tegishli Tomonning muhri bilan tasdiqlanganligida ishonch bildiradilar, agar ushbu elektron hujjatlar operatorlardan biri tomonidan qayta ishlangan va agar ular Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra elektron hisob varaq-fakturalar va aylanmasi tizim orqali (ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish uchun ruxsat olgan elektron hujjatlar uchun ruxsat olgan axborot vositasi) yuborilgan bo‘lsa.

9.5. “MY-INSURANCE” AJ STning internet axborot tarmog‘idagi rasmiy sayti: https://myinsurance.uz/qoidalar Sug‘urtalovchining rasmiy veb-saytidan Sug‘urta qildiruvchi ushbu axborot tizimining operatori bo‘lgan Sug‘urtalovchi o‘rtasida elektron shaklda ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydigan axborot tizimi sifatida foydalanish mumkin, shu jumladan sug‘urta polisni tuzish, xulosa qilish, o‘zgartirish, muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi ariza, sug‘urta hodisasi yuz berganligi to‘g‘risida xabar berish, sug‘urta tovoni to‘lash to‘g‘risidagi ariza, ko‘rib chiqish bosqichi va natijalari to‘g‘risida ma’lumot yuborish; sug‘urta tovonini amalga oshirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Sug‘urta hodisasi belgilariga ega bo‘lgan hodisalar yuz bergan taqdirda, siz Ofertada ko‘rsatilgan telefon orqali voqea haqida xabar berishingiz yoki “MY-INSURANCE” AJ STning eng yaqin ofisi (filiali)ga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi.

Filiallarning manzillari, telefonlari va ish vaqti Sug‘urtalovchining rasmiy veb-saytida ko‘rsatilgan.


Sug‘urtalovchining rekvizitlari:

To‘liq nomlanishi: “MY-INSURANCE” AJ ST

2022 yil 25 fevraldagi SF seriya 00037-sonli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining litsenziyasi

Pochta manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent, Mirobod tumani, Kichik Mirobod ko‘chasi, 95 uy

Telefon: +998 71 205-19-19

Elektron pochta: info@.myinsurance.uz

Made on
Tilda