SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH TO'G'RISIDA NIZOM

1-bob. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Mazkur Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash to'g'risidagi Nizom (keyingi o'rinlarda — Nizom) «MY-INSURANCE» AJ CT (keyingi o'rinlarda — Sug'urtalovchi) tomonidan shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish, tizimlashtirish, saqlash, foydalanish, berish, uzatish, himoya qilish va yo'q qilish tartibini belgilaydi.

1.2. Mazkur Nizom Sug'urtalovchining:

  • rasmiy veb-sayti
  • mobil ilovasi
  • shaxsiy kabineti
  • elektron sug'urta platformasi
  • sug'urta shartnomalarini elektron shaklda tuzish va rasmiylashtirish tizimlari
  • sug'urta hodisalari bo'yicha elektron murojaatlarni qabul qilish tizimlari
  • boshqa axborot tizimlari
  • orqali sug'urta xizmatlarini ko'rsatish jarayonida shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashga nisbatan tatbiq etiladi.

1.3. Nizom O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonuni, sug'urta faoliyati, elektron hujjat aylanishi, elektron tijorat, axborotlashtirish, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohasidagi qonunchilik hujjatlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan.

1.4. Mazkur Nizom Sug'urtalovchining barcha tarkibiy bo'linmalari va xodimlari, shuningdek shaxsga doir ma'lumotlarni Sug'urtalovchi nomidan yoki uning topshiriqiga asosan qayta ishlovchi shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.

1.5. Nizomning amaldagi tahriri Sug'urtalovchining rasmiy veb-saytida va/yoki raqamli platformasida erkin foydalanish uchun joylashtiriladi.

1.6. Platformada ro'yxatdan o'tish, shaxsiy kabinetdan foydalanish, sug'urta shartnomasini tuzish, elektron polisni rasmiylashtirish, ommaviy ofertani akzept qilish yoki Nizomda nazarda tutilgan boshqa elektron harakatlarni amalga oshirish orqali shaxs mazkur Nizom bilan tanishganligini tasdiqlaydi.

2-bob. ATAMALAR VA TA'RIFLAR

2.1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:

Shaxsga doir ma'lumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo'lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi, elektron, qog'oz va/yoki boshqa moddiy tashuvchida qayd etilgan axborot.

Shaxsga doir ma'lumotlar subyekti — shaxsga doir ma'lumotlar taalluqli bo'lgan jismoniy shaxs.

Sug'urtalovchi — belgilangan tartibda sug'urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lgan va sug'urta shartnomasiga muvofiq sug'urta tovonini to'lash majburiyatini o'z zimmasiga olgan «MY-INSURANCE» AJ CT.

Operator — shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashni amalga oshiruvchi Sug'urtalovchi.

Platforma — Sug'urtalovchining sug'urta xizmatlarini elektron shaklda ko'rsatish, sug'urta shartnomalarini tuzish, elektron sug'urta polislarini rasmiylashtirish, sug'urta mukofotlarini qabul qilish, sug'urta hodisalari bo'yicha murojaatlarni qabul qilish va qayta ishlash, sug'urta tovonini to'lash hamda boshqa sug'urta operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beruvchi axborot tizimlari majmui.

Sug'urta qildiruvchi — Sug'urtalovchi bilan sug'urta shartnomasini tuzgan jismoniy yoki yuridik shaxs.

Sug'urtalanguvchi — sug'urta shartnomasiga muvofiq sug'urta himoyasi tatbiq etiladigan jismoniy yoki yuridik shaxs.

Naf oluvchi — sug'urta shartnomasiga muvofiq sug'urta tovonini olish huquqiga ega bo'lgan shaxs.

Sug'urta agenti — Sug'urtalovchi nomidan va uning topshiriqiga asosan sug'urta shartnomalarini tuzish va/yoki boshqa sug'urta operatsiyalarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxs.

Sug'urta brokeri — sug'urta qildiruvchining topshiriqiga asosan sug'urta shartnomasini tuzish va bajarish bilan bog'liq faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs.

Sug'urta polisi — sug'urta shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi, shu jumladan elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjat.

Sug'urta hodisasi — sug'urta shartnomasida nazarda tutilgan va uning yuz berishi Sug'urtalovchining sug'urta tovonini to'lash majburiyatini keltirib chiqaradigan voqea.

Sug'urta tovoni — sug'urta hodisasi yuz berganda sug'urta shartnomasi shartlariga muvofiq Sug'urtalovchi tomonidan to'lanadigan pul mablag'i.

Sug'urta mukofoti — sug'urta qildiruvchi tomonidan sug'urta shartnomasida belgilangan tartibda Sug'urtalovchiga to'lanadigan pul mablag'i.

Anderrayting — sug'urta xavfini baholash, qabul qilish yoki rad etish, sug'urta summasi, sug'urta tarifi va boshqa sug'urta shartlarini belgilash jarayoni.

Raqamli identifikatsiya — shaxsni axborot tizimlari orqali elektron usulda aniqlash jarayoni.

Elektron sug'urta polisi — elektron shaklda yaratilgan, saqlanadigan va identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlarga ega bo'lgan sug'urta polisi.

Shaxsiy kabinet — Platformada shaxsning sug'urta shartnomalari, polislari, to'lovlari, murojaatlari va boshqa ma'lumotlarini ko'rish va boshqarish imkonini beruvchi axborot tizimi qismi.

2.2. Mazkur Nizomda qo'llanilgan boshqa atamalar O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan ma'nolarda qo'llaniladi.

3-bob. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH PRINCIPI

3.1. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash quyidagi prinsiplarga asoslanadi:

  • qonuniylik va adolatliylik
  • aniq va qonuniy maqsadlarga muvofiq qayta ishlash
  • qayta ishlanayotgan ma'lumotlar hajmining belgilangan maqsadlarga muvofiqligi
  • ortiqcha ma'lumotlarni qayta ishlashga yo'l qo'ymaslik
  • ma'lumotlarning ishonchliligi, to'liqligi va dolzarbligini ta'minlash
  • shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligi
  • shaxsga doir ma'lumotlarning yaxlitligi va xavfsizligini ta'minlash
  • ma'lumotlarni ularni qayta ishlash maqsadi talab qilgan muddatdan ortiq saqlamaslik

shaxsga doir ma'lumotlar subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilish.

4-bob. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLAR SUBYEKTLARI VA MA'LUMOTLAR TARKIBI

4.1. Sug'urtalovchi quyidagi subyektlarning shaxsga doir ma'lumotlarini qayta ishlashi mumkin:

  • sug'urta qildiruvchilar
  • sug'urtalanguvchilar
  • naf oluvchilar
  • sug'urta shartnomasini tuzish istagida bo'lgan shaxslar
  • sug'urta hodisasi bo'yicha murojaat qiluvchilar
  • sug'urta agentlari va brokerlari
  • sug'urta hodisalarini ko'rib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslar
  • Sug'urtalovchining xodimlari va ishga qabul qilish uchun nomzodlar
  • kontragentlar va ularning vakillari

qonunchilikka muvofiq Sug'urtalovchi bilan munosabatlarga kirishuvchi boshqa shaxslar.

4.2. Jismoniy shaxslar — sug'urta qildiruvchi, sug'urtalanguvchi va naf oluvchilarga nisbatan, zaruratga ko'ra, quyidagi ma'lumotlar qayta ishlanishi mumkin:

  • familiyasi, ismi, otasining ismi
  • tug'ilgan sanasi va joyi
  • fuqaroligi
  • jinsi
  • shaxsini tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari
  • JSHSHIR
  • yashash va ro'yxatdan o'tgan manzili
  • telefon raqami
  • elektron pochta manzili
  • bank hisobvarag'i va to'lov rekvizitlari
  • sug'urta ob'ekti to'g'risidagi ma'lumotlar
  • sug'urta shartnomasi va polis rekvizitlari
  • sug'urta mukofoti va to'lovlari to'g'risidagi ma'lumotlar
  • sug'urta hodisasi to'g'risidagi ma'lumotlar
  • sug'urta tovoni to'g'risidagi ma'lumotlar
  • murojaat va arizalar to'g'risidagi ma'lumotlar
  • raqamli identifikatsiya ma'lumotlari

qonunchilik va sug'urta shartnomasiga muvofiq zarur bo'lgan boshqa ma'lumotlar.

4.3. Sug'urta turiga qarab, sug'urta ob'ektiga oid ma'lumotlar, jumladan transport vositasi, ko'chmas mulk, mol-mulk, kredit, tadbirkorlik faoliyati, hayvonlar va boshqa ob'ektlar to'g'risidagi ma'lumotlar ham qayta ishlanishi mumkin.

4.4. Hayot va sog'liqni sug'urtalash bilan bog'liq sug'urta turlarida tibbiy ma'lumotlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq va zarur hajmda qayta ishlanishi mumkin.

4.5. Biometrik ma'lumotlar shaxsni raqamli identifikatsiya qilish yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun belgilangan tartibda qayta ishlanadi.

5-bob. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH MAQSADLARI

5.1. Shaxsga doir ma'lumotlar quyidagi maqsadlarda qayta ishlanadi:

  • Platformada foydalanuvchini ro'yxatdan o'tkazish
  • shaxsni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish
  • raqamli identifikatsiyani amalga oshirish
  • sug'urta shartnomasini tuzish va rasmiylashtirish
  • elektron sug'urta polisini shakllantirish va yuborish
  • sug'urta ob'ekti va sug'urta xavfini baholash
  • anderraytingni amalga oshirish
  • sug'urta tarifi va sug'urta mukofotini hisoblash
  • sug'urta shartnomasi shartlarini shakllantirish
  • sug'urta mukofotlarini qabul qilish va hisobga olish
  • sug'urta shartnomalarini yuritish va monitoring qilish
  • sug'urta hodisalari to'g'risidagi xabarlarni qabul qilish
  • sug'urta hodisalarini tekshirish va ko'rib chiqish
  • sug'urta tovoni miqdorini aniqlash
  • sug'urta tovonini to'lash
  • sug'urta shartnomasini o'zgartirish, uzaytirish yoki bekor qilish
  • sug'urta shartnomasi bo'yicha murojaat va shikoyatlarni ko'rib chiqish
  • sug'urta xizmatlari to'g'risida axborot va xabarnomalar yuborish
  • firibgarlik va suiiste'mol holatlarining oldini olish va aniqlash
  • qonunchilikda belgilangan majburiyatlarni bajarish
  • axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta'minlash
  • buxgalteriya, soliq va statistika hisobini yuritish
  • Sug'urtalovchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.

6-bob. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARNI QAYTA ISHLASHNING HUQUQIY ASOSLARI

6.1. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash quyidagi asoslardan biri mavjud bo'lganda amalga oshiriladi:

  • subyektning roziligi
  • sug'urta shartnomasini tuzish yoki bajarish zarurati
  • qonunchilik bilan Sug'urtalovchi zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish zarurati
  • Sug'urtalovchining yoki boshqa shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish zarurati

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslar.

6.2. Subyektning roziligi yozma yoki elektron shaklda, shu jumladan Platformada elektron belgi qo'yish, SMS-kod yoki bir martalik kod kiritish, elektron hujjatni tasdiqlash, ommaviy ofertani akzept qilish yoki boshqa qonuniy usullar orqali olinishi mumkin.

6.3. Rozilikni berish faktini tasdiqlash imkonini beruvchi elektron ma'lumotlar Platformada belgilangan tartibda saqlanadi.

6.4. Sug'urta shartnomasini tuzish va bajarish uchun zarur bo'lgan, shuningdek qonunchilik talablarini bajarish maqsadida qayta ishlanadigan ma'lumotlar bo'yicha alohida rozilik talab etilmasligi mumkin.

7-bob. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH

7.1. Platforma orqali shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan usullarda amalga oshiriladi.

7.2. Platformada shaxsni raqamli identifikatsiya qilish, elektron hujjatlarni tasdiqlash, SMS-kod yoki boshqa identifikatsiya vositalaridan foydalanish mumkin.

7.3. Sug'urta shartnomasini tuzish jarayonida Platforma subyekt tomonidan kiritilgan ma'lumotlarni tekshirish, identifikatsiya qilish va sug'urta shartlarini avtomatik shakllantirish funksiyalariga ega bo'lishi mumkin.

7.4. Sug'urta xavfini baholash va sug'urta shartlarini belgilashda avtomatlashtirilgan qayta ishlash vositalari, skoring va boshqa tahliliy algoritmlardan foydalanilishi mumkin.

7.5. Platformada amalga oshirilgan muhim harakatlar, shu jumladan ro'yxatdan o'tish, identifikatsiya, rozilik berish, polis rasmiylashtirish, to'lov amalga oshirish va murojaat yuborish kabi operatsiyalar to'g'risidagi texnik ma'lumotlar qonunchilik va Sug'urtalovchining ichki hujjatlarida belgilangan tartibda qayd etilishi mumkin.

8-bob. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARNI BERISH

8.1. Sug'urtalovchi sug'urta xizmatlarini ko'rsatish, sug'urta shartnomalarini bajarish, sug'urta hodisalarini ko'rib chiqish va qonunchilikda belgilangan majburiyatlarni bajarish maqsadida shaxsga doir ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga berishi yoki qayta ishlashni ularga topshirishi mumkin.

8.2. Shaxsga doir ma'lumotlarni oluvchilar jumlasiga quyidagilar kirishi mumkin:

  • sug'urta agentlari
  • sug'urta brokerlari
  • qayta sug'urtalovchilar
  • assistans tashkilotlari
  • banklar va to'lov tashkilotlari
  • tibbiy tashkilotlar
  • ekspertlar va baholovchilar
  • avariya komissarlari
  • avtoservis va servis tashkilotlari
  • IT, hosting va bulutli xizmatlar provayderlari
  • pochta va kuryerlik tashkilotlari
  • davlat organlari va tashkilotlari
  • sudlar va ijro organlari

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shaxslar.

8.3. Uchinchi shaxslarga beriladigan ma'lumotlar hajmi tegishli maqsadga erishish uchun zarur va yetarli bo'lgan ma'lumotlar bilan cheklanadi.

8.4. Shaxsga doir ma'lumotlarni qabul qiluvchi shaxslar qonunchilik va shartnoma asosida ularning maxfiyligi hamda xavfsizligini ta'minlashi shart.

9-bob. TRANSCHIGARAVIY UZATISH

9.1. Sug'urtalovchi shaxsga doir ma'lumotlarni transchegaraviy uzatishni O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirishga haqli.

9.2. Transchegaraviy uzatishda shaxsga doir ma'lumotlarning xavfsizligi va maxfiyligi ta'minlanishi shart.

9.3. O'zbekiston Respublikasi hududida saqlanishi shart bo'lgan ma'lumotlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq saqlanadi.

10-bob. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARNI HIMOYA QILISH

10.1. Sug'urtalovchi shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish maqsadida huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni amalga oshiradi.

10.2. Bunday choralarga quyidagilar kiradi:

  • ma'lumotlarni qayta ishlash uchun mas'ul shaxsni belgilash
  • ma'lumotlardan foydalanish huquqlarini cheklash
  • foydalanuvchilar harakatlarini qayd etish
  • autentifikatsiya va avtorizatsiya mexanizmlaridan foydalanish
  • axborotni shifrlash
  • rezerv nusxalash
  • antivirus himoyasi
  • axborot tizimlarini monitoring qilish
  • ruhsatsiz kirishlarni aniqlash
  • axborot xavfsizligi hodisalariga javob berish
  • xodimlarni o'qitish

axborot xavfsizligi bo'yicha ichki nazoratni amalga oshirish.

10.3. Shaxsga doir ma'lumotlardan foydalanish huquqiga ega bo'lgan xodimlar va boshqa shaxslar ularning maxfiyligini ta'minlashi shart.

10.4. Shaxsga doir ma'lumotlarning sizib chiqishi, yo'qolishi, o'zgartirilishi yoki ruhsatsiz foydalanish holati aniqlangan taqdirda Sug'urtalovchi qonunchilikda belgilangan tartibda zarur choralarni ko'radi.

11-bob. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLAR SUBYEKTIINING HUQUQLARI

11.1. Shaxsga doir ma'lumotlar subyekti qonunchilikda belgilangan tartibda:

  • o'ziga taalluqli ma'lumotlarning qayta ishlanayotganligi haqida axborot olish
  • qayta ishlanayotgan ma'lumotlar tarkibi bilan tanishish
  • ma'lumotlarning qayta ishlash maqsadlari haqida axborot olish
  • noto'g'ri yoki eskirgan ma'lumotlarni tuzatishni talab qilish
  • qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ma'lumotlarni bloklash yoki yo'q qilishni talab qilish
  • berilgan rozilikni qaytarib olish
  • avtomatlashtirilgan qayta ishlash natijasida qabul qilingan qarorni qonunchilikda belgilangan tartibda qayta ko'rib chiqishni talab qilish

Sug'urtalovchining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan vakolatli davlat organi yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

12-bob. MUROJAATLAR VA ROZILIKNI QAYTARIB OLISH

12.1. Subyekt shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash bilan bog'liq murojaatlarni:

  • Platformadagi shaxsiy kabinet
  • Sug'urtalovchining rasmiy elektron pochta manzili
  • Sug'urtalovchining yuridik manzili
  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa usullar
  • orqali yuborishi mumkin.

12.2. Murojaatda subyektni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi ma'lumotlar hamda murojaatning mazmuni ko'rsatiladi.

12.3. Sug'urtalovchi murojaat qiluvchining shaxsini tasdiqlash uchun qo'shimcha ma'lumotlarni talab qilishga haqli.

12.4. Subyekt avval berilgan rozilikni qonunchilikda belgilangan tartibda qaytarib olishga haqli.

12.5. Rozilikni qaytarib olish sug'urta shartnomasini bajarish, qonunchilik talablarini bajarish yoki Sug'urtalovchining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni qayta ishlashni to'xtatishga olib kelmasligi mumkin.

12.6. Rozilikni qaytarib olish natijasida sug'urta xizmatlarini ko'rsatish yoki sug'urta shartnomasini tuzish va bajarish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni qayta ishlash imkoniyati mavjud bo'lmasa, tegishli xizmatni ko'rsatish imkoni bo'lmasligi mumkin.

13-bob. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARNI SAQLASH

13.1. Shaxsga doir ma'lumotlar ularni qayta ishlash maqsadiga erishish uchun zarur bo'lgan muddatda hamda qonunchilikda belgilangan saqlash muddatlari davomida saqlanadi.

13.2. Sug'urta shartnomalari, elektron sug'urta polislari, sug'urta mukofotlari, sug'urta hodisalari, sug'urta tovonlari va ular bilan bog'liq boshqa ma'lumotlar qonunchilikda belgilangan muddatlarda saqlanadi.

13.3. Shaxsga doir ma'lumotlar bazalari va ulardagi ma'lumotlarni saqlash O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan talablarga muvofiq tashkil etiladi.

13.4. Qonunchilikda O'zbekiston Respublikasi hududida saqlanishi shart bo'lgan ma'lumotlar belgilangan talablarga muvofiq O'zbekiston Respublikasi hududida saqlanadi.

14-bob. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARNI YO'Q QILISH VA SHAHSSIZLANTIRISH

14.1. Shaxsga doir ma'lumotlar:

  • ularni qayta ishlash maqsadiga erishilganda
  • qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda rozilik qaytarib olinganda
  • ma'lumotlarni saqlash muddati tugaganda
  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda

belgilangan tartibda yo'q qilinadi yoki shahssizlantiriladi.

14.2. Sug'urta shartnomasi bo'yicha qonunchilikda belgilangan saqlash majburiyati mavjud bo'lgan taqdirda, rozilikning qaytarib olinishi mazkur ma'lumotlarni tegishli saqlash muddati tugaguniga qadar saqlash zarurati ta'sir qilmaydi.

14.3. Shaxsga doir ma'lumotlarni yo'q qilish yoki shahssizlantirish Sug'urtalovchining ichki hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

15-bob. PLATFORMADA ELEKTRON SUG'URTA XIZMATLARI

15.1. Platforma orqali qonunchilik va Sug'urtalovchining ichki hujjatlariga muvofiq quyidagi operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin:

  • sug'urta mahsulotlarini tanlash
  • sug'urta shartlarini ko'rish
  • sug'urta mukofotini hisoblash
  • sug'urta arizasini elektron shaklda yuborish
  • shaxsni identifikatsiya qilish
  • sug'urta shartnomasini elektron shaklda tuzish
  • elektron sug'urta polisini shakllantirish
  • sug'urta mukofotini elektron to'lash
  • polisni ko'rish va saqlash
  • sug'urta shartnomasi holatini kuzatish
  • sug'urta hodisasi to'g'risida elektron xabar berish
  • hujjatlarni elektron shaklda yuborish
  • sug'urta tovonini olish uchun murojaat qilish
  • murojaat holatini kuzatish

Sug'urtalovchining xabarnomalarini qabul qilish.

15.2. Platformada amalga oshirilgan elektron harakatlar qonunchilikda belgilangan hollarda elektron hujjat, elektron tasdiq yoki elektron dalil sifatida saqlanishi mumkin.

15.3. Platformada elektron sug'urta polisini rasmiylashtirishda sug'urta shartnomasiga oid ma'lumotlar subyektga elektron shaklda taqdim etiladi.

16-bob. MA'SUL SHAXS VA ICHKI NAZORAT

16.1. Sug'urtalovchi shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash va ularni himoya qilish jarayonini tashkil etish uchun mas'ul shaxsni va/yoki tarkibiy bo'linmani belgilaydi.

16.2. Mas'ul shaxs:

  • mazkur Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qiladi
  • shaxsga doir ma'lumotlar bilan ishlash jarayonlarini muvofiqlashtiradi
  • subyektlarning murojaatlarini ko'rib chiqishni tashkil etadi
  • ma'lumotlarni himoya qilish choralarning samaradorligini baholaydi
  • axborot xavfsizligi bo'linmasi bilan hamkorlik qiladi

qonunchilikda belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

17-bob. YAKUNIY QOIDALAR

17.1. Mazkur Nizom Sug'urtalovchi rahbarining tegishli qarori bilan tasdiqlangan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

17.2. Nizom Sug'urtalovchining sug'urta xizmatlarini ko'rsatish jarayonlari, Platforma funksionali yoki qonunchilikdagi o'zgarishlardan kelib chiqqan holda qayta ko'rib chiqilishi mumkin.

17.3. Nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar Sug'urtalovchining vakolatli organi yoki mansabdor shaxsi qarori asosida kiritiladi.

17.4. Nizomning amaldagi tahriri Sug'urtalovchining rasmiy veb-saytida va/yoki Platformada joylashtiriladi.

17.5. Mazkur Nizomda tartibga solinmagan masalalar O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

17.6. Mazkur Nizom o'zbek va rus tillarida tuzilishi mumkin. Tillarning o'rtasida tafovut mavjud bo'lgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik kuchga ega bo'lgan tahrir qo'llaniladi.