«MY-INSURANCE» AJ cug‘urta tashkiloti aktsiyadorlari
DIQQATIGA!
HURMATLI AKTSIYADORLAR!
«MY-INSURANCE» AJ cug‘urta tashkiloti aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2022 yil 24 iyun kuni, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Kichik mirobod ko‘chasi, 95 - uyda joylashgan Jamiyat bosh ofisi binosida bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilish soat 10:00 da boshlanadi. Aktsiyadorlarni ruyxatga olish soat 9:00 dan boshlanadi. Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun Jamiyat aktsiyadorlari reyestri 2022 yil 20 iyunь holatiga tuziladi.
Jamiyatning elektron pochtasi va veb-sayti manzili: myinsurance.uz, info@myinsurance.uz.
KUN TARTIBI:
1. «MY-INSURANCE» AJ sug‘urta tashkilotining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash;2. «MY-INSURANCE» AJ sug‘urta tashkilotining chiqarilgan aktsiyalarni joylashtirish natijalarini ko‘rib chiqish;
3. «MY-INSURANCE» AJ sug‘urta tashkilotining shakllangan ustav fondi miqdorini tasdiqlash;
4. «MY-INSURANCE» AJ sug‘urta tashkiloti Ustav fondini ko‘paytirish maqsadida chiqarilgan qo‘shimcha aktsiyalarning joylitirilishi bilan bog‘liq Jamiyat Ustaviga o‘zgartirish kiritish va uni yangi tahrirda tasdiqlash.
- Aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun xujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
- Aktsiyadorlar umumiy yig‘ilish o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot va unda ko‘riladigan masalalarning hujjatlari bilan Toshkent shahar, Mirobod tumani, Kichik mirobod ko‘chasi, 95 - uyda manzilida joylashgan jamiyatning bosh ofisi binosiga murojaat qilish orqali tanishishlari mumkin.
Kuzatuv kengashi